Qoraqalpog‘istondagi barcha o‘zgarishlar inson sha’ni va manfaatini ulug‘lashga qaratilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Qoraqalpog‘istonga qilgan tashrifi 2017-yilda boshlangan islohotlarni sarhisob qilish uchun muhim voqea bo‘ldi. Yangi korxonalar, tibbiyot muassasalari va hududda amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari haqidagi xabarlarda fuqarolarning imkoniyatlarini kengaytirishdek davlat siyosatining asosiy natijasi o‘z aksini topadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputati sifatida hududni iqtisodiy rivojlantirish ijtimoiy muammolarni hal qilish va odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bilan tobora chambarchas bog‘lanib borayotganini ayniqsa muhim deb hisoblayman.
O‘zgarishlar ko‘lamini anglash uchun Qoraqalpog‘istonda 2016-yilgacha bo‘lgan vaziyatni esga olish lozim. Orol dengizi qurishining oqibatlari hayotning deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatar edi. Tuproqning sho‘rlanishi, chang-bo‘ronlar va suv taqchilligi qishloq xo‘jaligi barqarorligiga putur yetkazib, aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirardi. Odatiy daromad manbalarining yo‘qolishi, doimiy ish o‘rinlarining yetishmasligi va infratuzilmadagi qiyinchiliklar migratsiya bosimini kuchaytirardi. Ona yurtdan tashqarida ish qidirish ko‘plab oilalar uchun majburiy choraga aylangan, uzoq vaqt davomidagi ayriliq esa ayollar, bolalar va keksalar zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushardi.
Yig‘ilib qolgan muammolar, ayniqsa, chekka ovullarda yaqqol sezilardi. Sifatli ichimlik suvining yetishmasligi va arzon ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning yo‘qligi aholining kundalik xarajatlarini oshirardi. Transport tarmoqlaridan uzoqlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan edi. Ekologik zaiflik va iqtisodiy qiyinchiliklar bir-birini kuchaytirardi: tabiiy sharoitlarning yomonlashuvi daromad manbalarini qisqartirsa, resurslar yetishmasligi moslashishni qiyinlashtirardi. Bunday vaziyatni alohida qurilishlar bilan yengib o‘tib bo‘lmasdi. Infratuzilmaga sarmoya kiritish, bandlikni qo‘llab-quvvatlash va inson resurslarini rivojlantirishni o‘zida mujassam etgan izchil siyosat talab qilinardi.
2017-yildan boshlab Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mazkur yondashuv Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘zgarishlar uchun belgilovchi omilga aylandi. Prezidentimizning hududga bo‘lgan shaxsiy e’tibori mavjud muammolarni muntazam tahlil qilishda, maxsus qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini qabul qilishda va butun mamlakat resurslarini jalb etishda o‘z ifodasini topdi. Shunisi eng muhimiki, ekologik qiyinchiliklarga taraqqiyot yo‘lidagi yengib bo‘lmas to‘siq sifatida qarash barham topdi. Orolning qurigan tubini o‘rmonlashtirish, suvni tejash, xalqaro hamkorlik va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratmoqda.
2017-yilda uzunligi 101 kilometr bo‘lgan va 25 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan «Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq» suv quvurining qurilishi dastlabki sezilarli natijalardan biri bo‘ldi. Umuman olganda, Qoraqalpog‘istonda faqatgina dastlabki to‘rt yilning o‘zida 2 943 kilometr suv ta’minoti tarmoqlari tortildi. Xuddi shu davrda yalpi hududiy mahsulotning real hajmi 37,1 foizga o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosiy maishiy muammolarni hal etish bilan bir qatorda iqtisodiy imkoniyatlar ham kengayganidan dalolat beradi.
2024-yil fevral oyida Amudaryo orqali avtomobil-temir yo‘l ko‘prigining ochilishi muhim bosqich bo‘ldi. Ilgari ponton kechuviga qaramlik fuqarolarning harakatlanishini va tovarlar tashishni qiyinlashtirib kelardi. Yangi ko‘prik va «Shovot — Qorao‘zak» temir yo‘l liniyasi transport aloqalarini mustahkamladi. Aholi uchun bunday loyihalar xizmatlarning yetib borishi osonlashuvini anglatsa, tadbirkorlar uchun logistika xarajatlarining qisqarishini bildiradi. Ijtimoiy manfaat va iqtisodiy samaradorlikning uyg‘unlashuvi infratuzilmaviy o‘zgarishlarning uzoq muddatli natijasini ta’minlaydi.
Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga qilgan tashrifi bu o‘zgarishlarning aniq korxonalar va oilalar darajasida qanday amalga oshayotganini ko‘rsatdi.
Kegeyli tumanida Prezident 300 ta ish o‘rni yaratilgan «ADM Agro» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Sho‘rga chidamli navlar va tomchilab sug‘orish texnologiyasi murakkab iqlim sharoitida dehqonchilik imkoniyatlarini kengaytirmoqda. «Kegeyli baraka naslli parranda» parrandachilik kompleksi 70 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minladi. Shaxsiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hududning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga va tashqi bozorlarga chiqishga yordam beradi.
Ijtimoiy reyestrdagi 50 ta oila uchun mo‘ljallangan issiqxona loyihasi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Unda ishtirokchilarga ishlab chiqarish maydonlari taqdim etilib, ularni o‘qitish va yetishtirilgan mahsulotni sotib olish ko‘zda tutilgan. Bu bir martalik yordam berishdan mustaqil daromad topish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy o‘tishdir.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi vakili sifatida men uchun bunday yondashuv insonning mehnat qilish, kasb egallash va oilasining farovonligini yuksaltirish uchun real imkoniyatga ega bo‘lishidek ijtimoiy adolatni ifodalaydi.
Nukus shahrida davlatimiz rahbari zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda bo‘ldi. «Nukus Insulation Group»da 150 ta ish o‘rni yaratilgan, «Coals KS»da esa 200 nafar mahalliy aholi mehnat qilmoqda. Mahalliy xomashyoni qayta ishlash hududning o‘zida ko‘proq qo‘shilgan qiymatni saqlab qolish imkonini beradi.
«Diykan arna» mahallasida Prezident yangi bolalar bog‘chasi, asalarichilikning rivojlanishi va murojaatlar bilan ishlashning raqamli tizimi bilan tanishdi. Shu tariqa, sanoatdagi modernizatsiya aholi kundalik hayotida bevosita his qilayotgan qulayliklar bilan to‘ldirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zgarishlar ayniqsa ahamiyatlidir. Prezident tashrif buyurgan Ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi yiliga 3 ming nafar shifokor va 6 800 nafar o‘rta tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan. Zamonaviy simulyatsiya xonalari murakkab tibbiy texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadi. Mutaxassislarning malakasiga kiritilgan sarmoya Orolbo‘yi mintaqasi uchun ulkan qadrga ega, chunki tibbiy yordam sifati bemorning yashash joyi poytaxtdan qanchalik uzoqligi bilan emas, balki uning ehtiyoji bilan belgilanishi kerak.
Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda «Pearson BTEC» dasturining joriy etilishi yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ta’limning ish beruvchilar talablari bilan uyg‘unligi o‘qishni kafolatlangan bandlikka aylantirishga yordam beradi. Yanglangan «To‘ron» stadioni, yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va obod ko‘chalar bu manzarani to‘ldiradi. Hududning rivojlanishi inson uchun kasbiy barkamollik, sport bilan shug‘ullanish va qulay shahar muhiti mavjud bo‘lgandagina to‘laqonli va amaliy mazmun kasb etadi.
Sentyabr oyidagi tashrif kelgusi ishlar bosqichini ham belgilab berdi. Qiymati 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard dollarlik yana 47 ta loyiha bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 8 mingta yuqori daromadli ish o‘rnini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni kreditlash stavkasini 12 foizgacha tushirish va chekka tumanlardagi shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish kabi muhim maqsadlar belgilandi. Deputatlar uchun davlatimiz rahbari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish, aholi uchun yangi imkoniyatlarning ochiqligini kuzatib borish eng muhim vazifa bo‘lib qoladi.
Ishonchim komilki, Prezidentning kelishi butun Qoraqalpog‘iston uchun ilhomlantiruvchi voqea bo‘ldi. Ekologik va ijtimoiy muammolar hali tinimsiz mehnatni talab qiladi, biroq erishilgan natijalar ishonch uchun asos yaratadi.
Ushbu ishonchni aniq amaliy ishlar bilan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va islohotlarning har bir ovulgacha kirib borishiga erishishni o‘zimning deputatlik burchim deb bilaman. Aynan munosib yashash, farzandlarni tarbiyalash va kelajakni ona yurt bilan bog‘lash imkoniyati olib borilayotgan siyosatning haqiqiy muvaffaqiyatini belgilab beradi.
N. Rashidova,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depuhttps://uza.uz/posts/911322

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
O‘zA