Qoramoy – neft, turizm va döstlik manzili
Ilgari Şinjonning Qoramoy şahrida Xitoy-Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlarining forumi, unda muhokama etilgan masalalar haqida xabar bergan edik. Taşkilotçilar forum iştirokçilarini Qoramoy şahri bilan taniştirdilar.
Sahrodan bunyod bölgan zamonaviy şahar tajribasi Özbekiston va Xitoy hamkorligi uçun ham yangi imkoniyatlar oçmoqda.
Xitoyning ğarbida, Şinjon-Uyğur avtonom rayoni hududida joylaşgan Qoramoy şahriga qadam qöyar ekansiz, avvalo, inson tafakkuri va mehnati bilan bunyod etilgan ulkan özgarişlarga guvoh bölasiz. Bir vaqtlar qum barxanlari va quruq sahro hukmron bölgan bu zamin bugun zamonaviy binolar, yaşil xiyobonlar, obod köçalar, sanoat korxonalari va sayyohlik maskanlari bilan közni quvontiradi.
Qoramoy nomi uyğur tilidan tarjima qilinganda «qora moy», yaʼni neft maʼnosini anglatadi. Darhaqiqat, şaharning taqdiri, iqtisodiy qiyofasi va taraqqiyot yöli ana şu tabiiy boylik bilan çambarças boğliq. 1955-yilda bu yerda yirik neft konining oçilişi Xitoy sanoati tarixida yangi sahifa oçdi. Neft qazib oliş bilan boşlangan jarayon yillar davomida murakkab sanoat infratuzilmasi, zamonaviy şaharsozlik va xizmat körsatiş sohalarining şakllanişiga olib keldi. Biroq Qoramoyning bugungi qiyofasi faqat neft bilan belgilanmaydi. Şahar öz iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirib, raqamli texnologiyalar, zamonaviy energetika, turizm va ekologik taraqqiyotga ham katta eʼtibor qaratmoqda.

Qoramoyning eng katta yutuqlaridan biri oğir tabiiy şaroitga qaramay, inson yaşaşi uçun qulay muhit yarata olganidir. Hududdagi quruq iqlim, suv tanqisligi va kuçli şamollarga qaramay kökalamzorlaştiriş, suv inşootlari barpo etiş, boğ va xiyobonlar yaratiş orqali şaharning ekologik muhitini yaxşilaşga erişilgan. Qoramoy köçalaridagi daraxtzorlar, sayilgohlar, sunʼiy suv havzalari va zamonaviy turar joylar bu boradagi izçil saʼy-harakatlar samarasidir. Bu tajriba Özbekiston uçun ham ahamiyatli. Ayniqsa, Orolböyi, Qizilqum, Ustyurt kabi suv va iqlim muammolari mavjud hududlarda yaşil maydonlar barpo etiş, suvdan tejamkor foydalaniş va şahar muhitini yaxşilaş borasida Qoramoy tajribasi qöl kelişi mumkin.

Qoramoyni Xitoyning muhim energetika markazlaridan biriga aylantirgan asosiy omil uning boy neft va gaz zaxiralaridir. Biroq zamonaviy iqtisodiyotda tabiiy boylikning özi yetarli emas. Ularni samarali qazib oliş, qayta işlaş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş, ilm-fan va texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Qoramoy ana şu yönalişlarda rivojlanişga intilmoqda. Neft-gaz sanoati bilan bir qatorda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va yangi energetika tarmoqlarining rivojlanişi şaharning kelgusi taraqqiyot istiqbollarini belgilamoqda. Özbekiston uçun ham bu yönalişlar begona emas. Mamlakatimizda neft-gaz sanoatini modernizatsiya qiliş, energiya samaradorligini oşiriş, sanoatni diversifikatsiyalaş va qayta işlaş tarmoqlarini rivojlantirişga katta eʼtibor berilmoqda. Şu maʼnoda, Qoramoy bilan hamkorlikni faqat savdo-iqtisodiy aloqalar doirasida emas, balki texnologik tajriba almaşiş, mutaxassislar tayyorlaş va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş nuqtai nazaridan ham körib çiqiş mumkin.


Qoramoyning yana bir öziga xos jihati uning sayyohlik salohiyatidir. Şahar atrofidagi tabiiy manzaralar, geologik yodgorliklar va noyob landşaftlar sayyohlarda katta qiziqiş uyğotadi. Ayniqsa, şamol va tabiiy eroziya taʼsirida ajoyib şakllarga kirgan Urxe «Jinlar şahri» sayyohlik maskani diqqatga sazovordir. Duşanszi katta darasi ham özining hayratlanarli manzaralari bilan maşhur. Qoramoyning Qora moy toği esa şahar tarixining ramzi sifatida alohida ahamiyatga ega. Bunday maskanlar sanoat turizmi bilan birga tabiat va geologik turizmni rivojlantiriş imkonini beradi. Özbekistonda ham bunday yönalişlar uçun imkoniyatlar katta. Farğona vodiysining toğli hududlari, Şohimardon, Söx, Rişton, Marğilon, Qöqon kabi tarixiy va sayyohlik manzillari mamlakatimizga kelayotgan xorijiy mehmonlar uçun jozibador maskanlardir. Qoramoyning turistik taşkilotlari bilan Özbekiston turoperatorlari örtasida hamkorlik örnatiş, özaro sayohat yönalişlarini işlab çiqiş, jurnalistlar va blogerlar iştirokida axborot safarlarini taşkil etiş bu borada amaliy natijalar berişi mumkin.

Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar bugun strategik şeriklik darajasiga kötarilgan. Ikki mamlakat örtasida siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik tobora kengaymoqda.
Bu jarayonda hududlar örtasidagi töğridan-töğri aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki har bir hududning öz iqtisodiy salohiyati, madaniy merosi va öziga xos taraqqiyot tajribasi bor. Qoramoy bilan, masalan, Farğona viloyati örtasida jurnalistlar, ijodkorlar, tadbirkorlar va turizm sohasi vakillari almaşinuvini yölga qöyiş ana şunday amaliy hamkorlikning muhim yönalişi bölişi mumkin. Özbekiston va Xitoy hududiy naşrlari örtasida qöşma loyihalar, maqolalar almaşinuvi, fotokörgazmalar va videolavhalar tayyorlaş orqali xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştiriş mumkin. Axir jurnalistikaning eng muhim vazifalaridan biri xalqlarning hayoti, orzu-intilişlari va yutuqlarini bir-biriga tanitiş, döstlik riştalarini mustahkamlaşdir.

Qoramoy tajribasiga nazar taşlar ekanmiz, bir muhim xulosaga keliş mumkin: şaharning kelajagi faqat tabiiy boyliklarga emas, balki inson kapitali, ilmiy salohiyat, zamonaviy texnologiyalar va oqilona boşqaruvga ham boğliq.
Muhammadjon Obidov, ÖzA
Xitoyning Qoramoy şahri.