2027-yilgi Davlat byudjeti ham ijtimoiy yönaltirilgan böladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2027-yil uçun Davlat byudjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda byudjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Qayd etilganidek, joriy yil yakunida mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oşişi kutilmoqda.

Erişilgan natijalar iqtisodiyotni rivojlantirişning yangi bosqiçiga ötiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, 2030-yilga borib yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi ön yilda aholi jon boşiga daromadni 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.

Konstitutsiyamizda Özbekistonning ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qöyilgan, inson, uning hayoti va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilgan. “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan barça islohotlarning boş mezoniga aylangan. Zero, iqtisodiy taraqqiyotning asl mazmun-mohiyati, eng avvalo, uning samarasi har bir inson, har bir oila hayotida sezilişi, xalqimiz farovonligi yuksalişi, sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengayişi hamda munosib turmuş şaroitlari yaratilişida namoyon bölişi lozim

Davlat byudjetining ijtimoiy yönaltirilganligi kelgusi yilda ham saqlab qolinişi aynan şu ustuvor maqsadlarga xizmat qiladi.

Jumladan, taʼlim va soğliqni saqlaş sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni moliyalaştiriş uçun jami 176 trillion sömga yaqin mablağ yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Taʼlimga 114,3 trillion söm (ötgan yildan 14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion söm köp) ajratilişi közda tutilgan.

Şuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş uçun 70 trillion söm ajratilişi belgilanmoqda.

Ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalaştiriş uçun iqtisodiyotning yillik ösiş surʼatlarini kamida 7 foiz darajasida taʼminlaş, mavjud zaxiralar va yangi texnologik omillarni işga soliş zarurligi taʼkidlandi.
Şu maqsadda kelgusi yildan iqtisodiy ösişning yangi modeliga ötiş, har bir tarmoqda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, mehnat unumdorligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş asosiy vazifalar etib belgilanmoqda.
Yiğilişda uzoq muddatli yuqori iqtisodiy ösişni taʼminlaşga qaratilgan yangi yondaşuvlar körib çiqildi. Xalqaro tajriba barqaror taraqqiyotning asosiy omillari eksportga yönaltirilgan raqobatbardoş işlab çiqariş, texnologiyalar transferi, investitsiyalar samaradorligi, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy siyosatning özgaruvçan şaroitlarga moslaşuvçanligi ekanini körsatmoqda.
Şundan kelib çiqib, iqtisodiy ösişning yangi modeli asosini zamonaviy sanoat siyosati taşkil etişi belgilanmoqda. Uşbu siyosat yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaşga ötiş, ilğor texnologiyalarni jalb qiliş, milliy korxonalarning xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga integratsiyasini kuçaytiriş va eksport tarkibini diversifikatsiya qilişga qaratilgan.
Xususan, kimyo va neft-kimyo, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika va boşqa istiqbolli sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantiriş böyiça yangi strategiya işlab çiqilmoqda.
Yangi sanoat siyosati doirasida har bir ustuvor tarmoqqa yirik xalqaro kompaniyalar va brend investorlarni jalb qiliş, zamonaviy sanoat zonalarini şakllantiriş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş hamda korxonalarning texnologik salohiyatini oşiriş rejalaştirilmoqda. 2027-yilda har bir istiqbolli tarmoqqa kamida 2–3 tadan yirik investorni jalb qiliş közda tutilgan.
Şu bilan birga, yarimötkazgiçlar, robototexnika, biotexnologiyalar, elektromobillar uçun yuqori texnologik butlovçi qismlar va akkumulyatorlar işlab çiqariş kabi yangi yönalişlarni özlaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun xalqaro brendlarni jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot va işlanmalarni qöllab-quvvatlaş hamda raqobatbardoş milliy işlab çiqaruvçilarni rivojlantirişning yangi rağbatlantiriş mexanizmlari közda tutilmoqda.
Iqtisodiy ösişning davomiyligini taʼminlaş uçun tarkibiy islohotlarni izçil davom ettiriş ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qiliş, xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş, energetika va transport infratuzilmasini takomillaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayonini yakunlaş ustuvor vazifalar sifatida körsatildi.
Bunda davlat investitsiyalarini xususiy kapital uçun qulay şaroit yaratişga yönaltiriş, iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlarini şakllantiriş va investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yiğilişda 2027-yilga möljallangan asosiy makroiqtisodiy prognozlar körib çiqildi.
Hisob-kitoblarga köra, yalpi içki mahsulot hajmi 2027-yilda 232 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda.
Şu bilan birga, inflyatsiya darajasini 2027-yilda 6 foizga, 2028–2029-yillarda esa 5 foizgaça pasaytiriş, oltinsiz eksport hajmini 2027-yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkaziş nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda 2027-yil uçun Davlat byudjeti daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini esa 464 trillion söm miqdorida belgilaş nazarda tutilayotgani maʼlum qilindi. Byudjet loyihasi iqtisodiy ösişning 7 foizlik prognozi asosida şakllantirilmoqda.
Jahondagi geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar şaroitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, umumiy fiskal taqçillikni yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş muhim vazifa etib belgilandi.
2027-yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda. Bunday şaroitda byudjet daromadlarini köpaytirişning asosiy manbai iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş, soliq bazasini kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda soliq va bojxona maʼmurçiligini takomillaştiriş bölişi taʼkidlandi.
Şu munosabat bilan raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş orqali soliq va bojxona tuşumlarini qöşimça oşiriş, tadbirkorlar uçun qulay va şaffof muhit yaratiş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Prezidentimiz byudjet xarajatlarining har bir sömi aniq natija berişi lozimligini taʼkidladi. Şu bois, mablağlarni maqsadli yönaltiriş, samarasiz xarajatlarni qisqartiriş, davlat investitsiyalari va subsidiyalarining natijadorligini oşiriş, byudjet intizomini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, investitsiya dasturi doirasidagi quriliş loyihalarida byudjet mablağlarining sarflanişini töliq kuzatib boriş imkonini beradigan raqamli nazorat tizimini sinov tariqasida joriy etiş vazifasi qöyildi.
Yiğiliş iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning yangi mexanizmlari ham muhokama qilindi. Bank tizimida xususiy kapital iştirokini kengaytiriş, kredit resurslarini köpaytiriş, investitsiya loyihalarini moliyalaştirişda davlat-xususiy şeriklik imkoniyatlaridan foydalaniş va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilarga 2027-yilda 65 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş böyiça tarmoqlar hamda hududlar kesimida aniq rejalar işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda bildirilgan fikr va takliflar asosida 2027-yil uçun Davlat byudjeti loyihasining asosiy yönalişlari belgilab olindi.
Qonunçilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini taʼminlaş çora-tadbirlari mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.