Orol quridi, endi navbat Kaspiygami? (+video)
Bugun ekologik muammolar, iqlim özgarişi, suv tanqisligi keskinlaşib bormoqda. Bu kabi muammolar butun Yer sayyorasida özini namoyon qilyapti.
Birgina Orol fojiasi oqibatlari Markaziy Osiyo mintaqasiga öz salbiy taʼsirini körsatmoqda. Endilikda Kasbiy dengizi sathi ham pasayib borayotgani açinarli hol.
— Bugun butun Yer yuzida havo harorati yildan-yilga oşib bormoqda, — deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ekolog olim Boriy Alixonov. — Bu esa suv inqirozlariga olib kelmoqda. Yaqinda Turkmanistonning Avaza sayyohlik hududida bölib ötgan ekologik sammitda mintaqa mamlakatlari rahbarlari hududdagi ekologik muammolarga töxtalib, qator taşabbuslarni bildirdi.
Biz doim Orol dengizini global ekologik muammo deb aytib kelganmiz va butun jahon hamjamiyati buni tan olgan. Lekin afsuski, Avazadagi sammitda qöşni mamlakatlarimiz Prezidentlari maʼruzalarida Kaspiy dengizi ham borgan sari inqirozga uçrayotgani, uning ekologik barqarorligi yomonlaşib, izdan çiqayotgani hamda Kaspiyning ham sathi kamayib borayotgani töğrisida bong urib gapirildi.
Bu nafaqat Kaspiy uçun, balki butun mintaqa uçun ham katta salbiy taʼsirga ega. Kaspiyning suv hajmi Orol dengizining suv hajmidan bir neça barobar köp. Hozirda Kaspiyning sathi bir neça metrga tuşib ketgan. Hatto 153 kilometrgaça çekingan suv qirğoqlari ham bor. Afsuski, dengiz va daryolarning qurişi faqatgina Kaspiy misolida emas, butun dunyo misolida keltirsak böladi. Masalan, yoz oylarida Dunay va Yevropaning bir neça köllari qurib qoladi.
Kaspiy mintaqa mikroiqlimini, möʼtadilligini saqlab turadigan katta yopiq dengiz. Uning sathi tuşib ketişi, qurişi esa butun mintaqa iqlimiga salbiy taʼsir körsatadi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
M.Komilova,
O.Davronov, A.Ahmedov (video),
ÖzA