Qit’a chempionatining ilk kunida 3 ta medal
Ayni kunlarda taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Vetnamning Xoshimin shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionati bahslarida ishtirok etmoqda.
E’tiborlisi, chempionatning ilk kunida iqtidorli sportchilarimizning 3 nafari Osiyoning eng kuchli sportchilari qatoridan joy oldi.
Murosasiz bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Valeriya Xegay 37 kilogramm vaznda barcha raqibalarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va uning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

65 kilo og‘irlikdagi taekvondochilar orasida Ahadjon Muxtorov kumush hamda 44 kilogrammda dayanga chiqqan Mubina Bobosaidova bronza medallari sohiblari bo‘lishdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA