Qisqa xabarlar (+video)
Bolali oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqalar yangilandi O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi qabul qilindi, Qariyb 9 kg. giyohvandlik vositalari musodara qilindi ...Shuningdek, Yurtimiz sportiga oid yangiliklar bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan "Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida"gi rezolyutsiyani qabul qildi
- Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan dala maydonida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 kg. “gashish” moddasi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
- Minsk shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xSZfUAr027A" title="27 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA