Qişloq xöjaligida sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça yangi loyiha taklif etildi
Qişloq xöjaligida samaradorlikni oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bu borada raqamli yeçimlar, sunʼiy intellekt va xalqaro tajriba yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Mamlakatimizda agrar tarmoqni modernizatsiya qiliş, sohaga investitsiyalar jalb etiş va boşqaruv tizimiga ilğor texnologiyalarni tatbiq etişda xalqaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Qişloq xöjaligi vazirligida BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) Investitsiya markazi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida Özbekiston agrar sohasidagi şeriklikni kengaytiriş, xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş va özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tarmoqning ustuvor yönalişlaridagi investitsiyaviy imkoniyatlardan unumli foydalaniş, amaldagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda yangi taşabbuslarni işlab çiqiş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Uçraşuvning muhim yönalişlaridan biri agrar sohani raqamlaştiriş masalasi böldi. Tomonlar boşqaruv jarayonlariga zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etiş, raqamli yeçimlar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlarini qişloq xöjaligiga tatbiq etiş istiqbollarini körib çiqdi.
Xususan, FAO tomonidan sohani raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanişga qaratilgan maxsus loyihani işlab çiqiş hamda amalga oşiriş taşabbusi ilgari surildi, deyiladi Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlumotida.
Muloqot yakunida bildirilgan takliflar asosida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, investitsiya loyihalarining samaradorligini oşiriş hamda yangi taşabbuslarni amaliy bosqiçga olib çiqiş muhimligi qayd etildi.
M. HOJIAKBAROVA,
ÖzA