Milliy mahsulotlar raqobatbardoşligini oşirişda xalqaro hamkorlik
Özbekistonning xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantiriş hamda mahalliy mahsulotlarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş köp jihatdan sifat infratuzilmasini takomillaştiriş, jahon standartlariga moslikni taʼminlaş va savdodagi texnik tösiqlarni kamaytirişga boğliq. Şu bois xorijiy hamkorlar bilan texnik jihatdan tartibga soliş sohasida tajriba almaşiş va amaliy mexanizmlarni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston va Turkiya örtasida uşbu yönalişdagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, sifat infratuzilmasini takomillaştiriş hamda mahsulotlarning ikki mamlakat bozorlariga kirişini soddalaştiriş masalalari Anqara şahrida bölib ötgan uçraşuvlarda muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi işçi guruhining Turkiya Savdo vazirligi va Turk standartlari instituti (TSE) vakillari bilan muzokaralarida texnik tartibga soliş, standartlaştiriş, akkreditatsiya hamda mahsulotlar xavfsizligini taʼminlaş borasida amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi. Şuningdek, erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almaşildi, deyiladi agentlik maʼlumotida.
Taʼkidlaş joizki, 2024–2026-yillar davomida ikki tomonlama şeriklik doirasida qator muhim yutuqlarga erişildi. Xususan, 100 nafardan ortiq özbekistonlik mutaxassis malaka oşirdi. Bundan taşqari, turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda menejment tizimlarini sertifikatlaştiriş (IQNET) va halol muvofiqlikni baholaş (HAC) yönalişlarida ham salmoqli natijalar qayd etildi.
Uçraşuvlar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişning yana bir muhim jihati, özaro mahsulot ayirboşlaşni yengillaştiriş masalasiga alohida urğu berildi. Şu maqsadda muvofiqlikni baholaş sohasidagi hukumatlararo bitim loyihasi hamda tegişli mahsulotlar röyxati Turkiya tomoniga taqdim etildi.
Muzokaralar yakunida belgilangan yönalişlar böyiça hamkorlikni izçil davom ettiriş, özaro tajriba almaşiş va qöşma amaliy loyihalar kölamini kengaytiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA