Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bölib ötdi
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakili, “LAWFULL” Advokatlik firmasi advokati A.Rahimov va fuqaro A.Kaljanovlarning murojaatlari böyiça Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 324-39-moddasi oltinçi qismining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28, 54 va 55-moddalariga muvofiqligini aniqlaş töğrisidagi iş oçiq sud majlisida körib çiqildi.
Konstitutsiyaviy sud majlisda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi vakillari, Odil sudlov akademiyasi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti vakillari hamda Konstitutsiyaviy sud ilmiy-maslahat kengaşi aʼzolari qatnaşdi.
Murojaatçilar, maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş taftiş tartibida Oliy sudning bir nafar sudyasi tomonidan yakka tartibda körib çiqilişi va uning qarori ustidan şikoyat qiliş imkoniyati mavjud emasligi, boşqa sud iş yurituvlarida taftiş instansiyasi qarorlarini qayta körib çiqiş mexanizmlari mavjudligi, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxslar bunday imkoniyatdan mahrum qilinganligi, bu insonning huquq va erkinliklarini taʼminlaş haqidagi qoidaga zid ekanligini, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan şaxsning aybdorligi borasida taftiş instansiyasida qolgan şubhalar boşqa sud instansiyasi tomonidan tekşirilmasdan uzil-kesil hal etilişi, bu esa aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini buzişini bayon etib, Konstitutsiyaviy suddan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 324-39-moddasi oltinçi qismining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaşni söragan.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga köra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan şaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oşkora sud muhokamasi yöli bilan isbotlanmagunça va sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunça aybsiz hisoblanadi. Xususan, Konstitutsiyaning 28-moddasi birinçi qismida, ayblanuvçiga özini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlar taʼminlanadi, deb belgilangan.
[gallery-32483]
Insonning huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi (54-moddaning birinçi va ikkinçi qismi).
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklaş uçun uning işi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan körib çiqilişi huquqi kafolatlanadi (55-moddaning uçinçi qismi).
Konstitutsiyaviy sud maʼruzaçi sudya A.Rahimovning maʼruzasini, murojaat etuvçi taraflarning tuşuntirişlarini va Oliy sud, Adliya vazirligi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti, Advokatlar palatasi vakillarining hamda Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengaşi aʼzolari muhokama qilinayotgan masala yuzasidan öz fikrlarini bildirdi. Sud majlisida bildirilgan fikr-mulohazalar eşitildi va Konstitutsiyaviy sud majlisida 17-noyabrga qadar tanaffus eʼlon qilindi.
N.Abduraimova,
S.Örmonov (surat), ÖzA