Qişloq xöjaligida mehnat qilayotgan xotin-qizlar muammolari muhokama etildi
Toşkent davlat agrar universitetida qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2026-yil 20-avgustdagi topşiriği ijrosi doirasida Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan ötkazilayotgan bunday uçraşuvlardan közlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning murojaatlarini tinglaş, ularni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş va amaliy yordam körsatişdan iborat.
Qömita tomonidan tegişli vazirlik, idoralar hamda banklar bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda fermerlik, tomorqaçilik, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş, şuningdek, çorvaçilik bilan şuğullanayotgan ayollarning taklif va muammolari atrofliça muhokama etildi.

Uçraşuvda mamlakatimizning 13 ta hududidan 199 nafar xotin-qiz iştirok etdi. Ularning 19 nafari öz murojaat va takliflarini masʼul taşkilotlar va banklar vakillariga bevosita yetkaziş imkoniga ega böldi. Suhbat davomida ayollar uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, xöjalik faoliyatini kengaytiriş va daromadlarini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qişloq xöjaligida xotin-qizlarning örni va hissasi salmoqli. Tabiiyki, ularning ham öz muammolari, öylantirayotgan dolzarb masalalari mavjud.
Mazkur muammolarni bartaraf etişda moliyaviy qöllab-quvvatlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentning 2025-yil 3-dekabrdagi tegişli Farmoniga muvofiq, 2026–2027-yillarda 6 ming nafar xotin-qizning tadbirkorlik loyihalarini moliyalaştiriş uçun 2 trillion söm yönaltirilişi belgilangan.

Oçiq muloqot davomida ham aynan moliyaviy masalalar köpçilik iştirokçilarning diqqat markazida böldi. Jumladan, 37 nafar xotin-qiz kredit va moliyaviy kömak oliş böyiça öz takliflarini bildirgan. 15 nafar iştirokçi mahsulotlarni sotiş va eksport qiliş, 14 nafari esa yer ajratiş masalasini kötargan. Bundan taşqari, suğoriş tizimi, qişloq xöjaligi texnikasi va uskunalar xaridi, issiqxona taşkil etiş hamda subsidiya oliş bilan boğliq murojaatlar ham körib çiqildi.
Ayniqsa, suv taʼminotiga doir muammolar yuzasidan bildirilgan fikrlar eʼtiborga molik böldi. Qaşqadaryolik iştirokçi suğoriş tarmoğining oxirida joylaşgan ekin maydonlariga suv yetib bormayotganini maʼlum qildi. Buxorolik fermer suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va lazerli yer tekislagiç xarid qilişda amaliy yordam söradi. Navoiy viloyatidan kelgan fermer esa dalalarda suv ölçagiçlar örnatiş taklifini ilgari surdi.
Hududlardan bildirilgan boşqa murojaatlar ham sohadagi dolzarb ehtiyojlarni namoyon etdi. Qoraqalpoğistonlik fermer eksportbop jiyda plantatsiyasini barpo etiş uçun sifatli köçatlar va agrotexnik maslahatga ehtiyoj borligini aytdi. Xorazmlik iştirokçi esa yetiştirilgan mahsulotni saqlaş uçun sovitkiçli ombor taşkil etiş va çorvaçilik faoliyatini kengaytiriş maqsadida imtiyozli kredit oliş masalasini kötardi.

Murojaatlar yuzasidan masʼul taşkilotlar vakillari tomonidan bir qator amaliy yeçimlar muhokama qilindi. Jumladan, suv taʼminotidagi uzilişlarni soha mutaxassislari bilan birgalikda örganiş, eksportga möljallangan jiydaning maqbul navlarini tanlaş va sifatli köçatlar yetkazib berişda ilmiy-amaliy yordam körsatiş, şuningdek, qişloq xöjaligi texnikasini lizing asosida xarid qiliş imkoniyatlarini körib çiqiş taklif etildi.
Muloqot davomida kelgusidagi hamkorlikka oid taşabbuslar ham ilgari surildi. Xususan, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratişda fermer hamda tomorqa egasi bölgan xotin-qizlarga ustuvorlik beriş taklifi bildirildi. Şuningdek, tajribali va ilğor fermer ayollar iştirokida hududlarda tajriba almaşiş maktablarini taşkil etiş, agrar maslahat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, mahsulotlarni içki bozorda sotiş va eksportga yönaltirişda kömaklaşiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida barça murojaat va takliflarni yagona elektron platformaga kiritiş, har bir masala böyiça masʼul taşkilot va aniq ijro muddatini belgilaşga kelişib olindi. Ularning bajarilişi muntazam nazorat qilib borilişi taʼkidlandi.
Oçiq muloqot qişloq xöjaligida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mavjud muammolarini aniqlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytiriş yölidagi muhim muloqot maydoni böldi.
N.Usmonova,
ÖzA