Namanganda “Işbilarmon ayol – 2026” tanlovi ğoliblari aniqlandi
Namangan viloyatida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan taşkil etilgan “Işbilarmon ayol – 2026” körik-tanlovining hududiy bosqiçi bölib ötdi. Unda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlar öz biznes loyihalari, mahsulotlari va erişgan yutuqlarini namoyiş etdi.
Partiya tomonidan 12 yildan buyon anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan mazkur tanlov bu yil “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida taşkil etildi.
Tanlovga tayyorgarlik jarayonida viloyatdagi 754 ta mahallada faoliyat yuritayotgan 1 ming 563 nafar tadbirkor ayolning faoliyati örganildi. Avgust–sentabr oylarida ötkazilgan tuman va şahar bosqiçlarida 237 nafar iştirokçi öz salohiyatini namoyon etdi. Saralaş natijalariga köra, 14 nafar eng munosib nomzod hududiy bosqiçga yöllanma oldi.
Davlatobod tumanidagi viloyat Madaniyat markazida ötkazilgan yakuniy tadbirda partiya masʼullari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatlari, hokimlik vakillari, tadbirkorlar hamda jamoatçilik faollari iştirok etdi.
Hakamlar hayʼati iştirokçilarning biznes loyihalari samaradorligi, yaratgan iş örinlari, innovatsion yondaşuvlari va jamiyat hayotiga qöşayotgan hissasini baholadi.
Yakuniy natijalarga köra, birinçi örin taʼlim sohasida qator nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini yölga qöygan tadbirkor Şahnoza Ğaniyevaga nasib etdi. Ikkinçi örinni nogironligi bölgan bolalar uçun taşkil etilgan “Mehrli Nurlar” kunduzgi parvariş markazi rahbari Iroda Anvarbekova egalladi. Uçinçi öringa dizayn akademiyasi asosçisi Nazan Tunjay sazovor böldi.
[gallery-32464]
Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, istiqbolli biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, özaro tajriba almaşiş hamda ilğor tadbirkorlik namunalarini ommalaştirişga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA