Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga taşrif buyurdi
Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston milliy paviloniga taşrif buyurdi.
Pavilon meʼmoriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda namoyiş etilgan milliy ekologik loyihalar va taşabbuslar bilan tanişdi.
“Zamin” fondi tomonidan amalga oşirilayotgan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi iştirokçilari Birinçi xonimga taʼlimning barça bosqiçlarini qamrab olgan uzluksiz ekologik taʼlim tizimining taqdimotini ötkazdilar.
Mazkur tizim maktabgaça va boşlanğiç taʼlim uçun LEAF, umumtaʼlim maktablariga Eco-Schools, oliy va örta kasbiy taʼlim muassasalari uçun Eco-Campus dasturlarini öz içiga oladi.
COP31 doirasidagi Özbekiston milliy paviloni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ekologik islohotlarni namoyiş etiş, tajriba almaşiş hamda barqaror kelajak yölida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş uçun maydon vazifasini ötamoqda.
ÖzA