Qirg‘izistonda “O‘zbekiston kinosi” kunlari o‘tdi
“O‘zbekkino” milliy agentligi Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod shaharlarida “O‘zbekiston kinosi” kunlarini o‘tkazdi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod shaharlarida “O‘zbekiston kinosi” kunlarini o‘tkazdi.
Uch kun davom etgan tadbirda Rashid Malikovning “Sabot”, Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim”, Umid Hamdamovning “Issiq non” badiiy, Aleksandr Gamirovning “Xojai Jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy” hujjatli filmlari namoyish etildi.

– Qirg‘iz xalqi bizni juda iliq kutib oldi, – deydi “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot kotibi Barno O‘ngboeva. – Qirg‘izistonning bir nechta telekanallari ko‘rsatuvlari mehmoni bo‘ldik. Ayniqsa, Karim Mirxodiev va Adiz Rajabovning oynai jahon orqali chiqishi Qirg‘iziston xalqiga manzur bo‘ldi, dey o‘ylaymiz. “Issiq non” filmi ham zo‘r qiziqish bilan tomosha qilindi.