Qibrayda o‘tkazilgan mamlakat chempionati nihoyasiga yetdi
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Universal jamping agro” ot sporti klubida uch kurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari nihoyasiga yetdi. Turnirda Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan 20 nafarga yaqin chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Umid Vafoyev (Buxoro, “Maksimal”) g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Yelizaveta Karachan (“Artur-2”) va Maksim Dvoryanskiy (Toshkent shahri, “Allagir”)ga nasib etdi. Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda qashqadaryolik yosh chavandoz Abror Esonovga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Abror “Kross” laqabli otida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana bir tulpor – “Miragi”da 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 3-o‘rinni Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan Eldor Erkinov “Farishta” laqabli otida egalladi.
[gallery-2319]
Chempionat g‘olibi va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (curat), O‘zA