Qibrayda majburiy ijro sohasidagi işlar sarhisob qilindi
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qibray tumani bölimi tomonidan joriy yilning yanvar–sentabr oylarida amalga oşirilgan işlar yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar iştirok etdi.
Anjumanda Byuroning tuman bölimi boşliği Rahmatilla Azimov hisobot berib, ijro hujjatlari ijrosini taʼminlaş, qarzdorliklarni undiriş, fuqarolar murojaatlari bilan işlaş hamda sohada raqamli texnologiyalarni joriy etiş borasidagi natijalarga töxtaldi.
Qayd etilganidek, joriy yilning töqqiz oyida bölim iş yurituvidagi 22 ming 22 ta ijro hujjati böyiça 729 milliard 991 million sömlik undiruv işlari amalga oşirildi. Şundan davlat foydasiga oid 5 ming 833 ta ijro hujjati böyiça 245 milliard 67 million söm undirildi.
Bu körsatkiçlar ötgan yilning mos davriga nisbatan umumiy undiruvlar böyiça 104,4 milliard, davlat foydasiga undirilgan mablağlar böyiça esa 86,3 milliard sömga oşgan.
Kommunal xizmatlar uçun qarzdorliklarni undiriş yönalişida ham muayyan natijalarga erişildi. Xususan, tabiiy gaz taʼminoti korxonalari foydasiga 5,4 milliard, elektr energiyasi uçun 2,2 milliard, içimlik suvi taʼminoti taşkilotlariga 1,4 milliard söm hamda boşqaruv servis kompaniyalari foydasiga 222 million söm undirildi.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan jamğarmalarga 47,8 milliard söm mablağ yönaltirildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,1 milliard sömga köpdir.
Aliment undiruvlari borasida ham amaliy işlar olib borildi. Hisobot davrida voyaga yetmagan farzandlar taʼminoti uçun 26,7 milliard söm aliment mablağlari undirildi. Aliment tölaşdan böyin tovlagan 162 nafar qarzdorga nisbatan sudlar tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Beş nafar şaxsga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 122-moddasi asosida jinoyat işi qözğatilgan.
Byuroning bevosita kömagida 122 nafar aliment tölovçi iş bilan taʼminlandi. Oilaviy nizolarning oldini oliş va taraflarni yaraştirişga qaratilgan profilaktik tadbirlar natijasida 414 ta oila yaraştirildi.
Anjumanda soliq organlari foydasiga 76,3 milliard sömlik, davlat boji böyiça 25,3 milliard sömlik hamda maʼmuriy jarimalar yuzasidan 2,9 milliard sömlik ijro hujjatlari tamomlangani ham maʼlum qilindi.
Fuqarolar va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yilning töqqiz oyida bölimga 811 ta murojaat kelib tuşgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 166 taga kamdir. Jumladan, aliment masalalari böyiça murojaatlar soni 483 tadan 412 taga kamaygan.
Kelib tuşgan murojaatlarning 764 tasi qanoatlantirilgan, 47 tasi yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilgan.
Byuro faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalaniş kölami ham kengaymoqda. Jumladan, ijro hujjatlari böyiça idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlovçi “MIB-Portal”, soddalaştirilgan ijro işlarini yuritişga möljallangan “Lite-execute”, aliment tölovlarini nazorat qiluvçi “E-aliment” tizimlaridan foydalanilmoqda.
[gallery-32463]
Şuningdek, davlat ijroçilari uçun “mib.ijrochi” planşet dasturi, fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida “MIB.UZ” mobil ilovasi yölga qöyilgan. Qarzdorliklar haqida SMS-xabarlar va telefon qönğiroqlari orqali avtomatik ogohlantiriş tizimi ham takomillaştirilmoqda.
Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollarga masʼullardan batafsil javob oldi. Şuningdek, ijro hujjatlari ijrosi samaradorligini oşiriş, aliment qarzdorligini kamaytiriş hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga doir ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Kamola YUSUPOVA, ÖzA