Qarshida kuchli voleybol jamoalari saralandi
Qarshi shahrida voleybol bo‘yicha 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatining g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi matbuot xizmati.
Xabar berganimizdek, 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada 13ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda bahslashdi.

Murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati vakillari hal qiluvchi bahsda Qashqadaryo jamoasidan ustun keldi. Navoiy hamda Andijon viloyati jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

2007-2008-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ham 13ta jamoa ishtirok etdi. O‘yinlarning yakuniy hisob-kitobiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati terma jamoasi finalda andijonlik tengqurlarini mag‘lub etib, 1-o‘rindan joy oldi. Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yosh voleybolchilari 3-o‘rin bilan kifoyalanishdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA