Putin 19-20-may kunlari Xitoyga boradi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashrifi oldidan Chin mamlakati fuqarolariga murojaat qilib, Rossiya va Xitoy munosabati misli ko‘rilmagan darajada rivojlanganini ta’kidladi. Bu haqda “Kazinform” yozgan.
RF yetakchisining 19-20-may kunlariga mo‘ljallangan tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik shartnomasi imzolanganining 25 yilligiga bag‘ishlangan. Shuningdek, joriy yil Rossiya – Xitoy strategik sherikligi o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi.
Putin va XXR Raisi Si Szinpin ikki tomonlama munosabatdagi dolzarb masalalar, mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qilish hamda asosiy xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashishni rejalashtirishgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan edi.
G.Sattorova, O‘zA