Publitsistik tafakkur qudrati
Odam – kechagi noqulayliklaru қийинчиликларни bir zumda unutib, bugungi qulayliklarga tez ko‘nikadigan yaratiq. Bu xususiyat inson ҳаётига ham, jamiyat tafakkuriga ham xos.
Taniqli olim, mashhur publitsist, davlat va jamoat arbobi Qudratilla Rafiqovning «MILLAT SHAVKATI» kitobi – fikr ahlini ana shu nuqsondan qutulib, odamlar va butun jamiyat hayotida yuz berayotgan ijobiy jihatlarni payqashga, ularning paydo bo‘lishiga sababchi shaxsiyatlar mehnatini qadrlashga chorlaydigan asar.
Muallif jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlarni maqtash, sanab o‘tish bilangina cheklanmaydi. U zohiriy воқеаlar ortidagi ma’nolarni izlaydi, bir qarashda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan hodisalar o‘rtasidagi ichki aloqani topadi va o‘qirmanni ham shu jarayonga jalb qiladi.
Publitsist bilan voqeanavis o‘rtasida farq bor. Voqeanavis voqeani so‘zlab beradi. Publitsist esa nima uchun shunday bo‘lgani, uning ortida qanday qonuniyat turgani va u jamiyat hayotida nimani o‘zgartirayotganini anglashga harakat qiladi.
Qudratilla Rafiqov maqolalarida ana shunday teran tahliliy nigoh yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. U mamlakatimiz hayotidagi o‘zgarishlar haqida yozar ekan, voqeaning tashqi manzarasi bilan kifoyalanmaydi. U har bir bunyodkorlik ortida tafakkurdagi o‘zgarish, har bir diplomatik qadam ortida tarixiy xotira, har bir yutuq ortida millatning o‘ziga bo‘lgan qat’iy ishonchini ko‘radi.
Kitob sarlavhasiga ko‘chgan «MILLAT SHAVKATI» nomli maqola ana shunday fikrlash usulining yorqin namunasi desam, aslo adashmayman.
Muallif talqinida Samarqand – millat o‘zligini namoyon etadigan ma’naviy makon. Shaharning tarixiy maqomini tiklash – binolarni ta’mirlash yoki ko‘chalarni obod qilishdan ancha murakkab ish. Buning uchun shaharning ko‘p asrlik ruhiyati, tarixiy xotirasi va sivilizatsion моҳиятиni qayta harakatga keltirish talab etiladi.
Qudratilla Rafiqov Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib borgan davrda ishni shaharni chiqindilardan tozalashdan boshlaganiga alohida ma’no yuklaydi. Muallifning fikricha, bu shahar ahli ongidan sovetcha qarashlarni, mustamlakachilikning ma’naviy qo‘qimini chiqarib tashlash va ruhni yangilashga ilk urinish ham edi.

Muallif oddiy voqeani katta tarixiy jarayon bilan bog‘laydi. Ammo bu bog‘lanish sun’iy emas. U shaharning o‘tmishi, tarixiy xotirasi va keyingi o‘zgarishlar mantig‘idan kelib chiqadi.
Qudratilla Rafiqov publitsistikasida voqelik shunchaki tasvirlanmaydi – unga juda katta ma’no yuklanadi.
Q.Rafiqov hayot hodisalariga ruhshunos va faylasuf ko‘zi bilan qarab, millat ahlini fikrlamaydigan olomonga aylantirish yo‘llari haqida: «...odam tinimsiz nimagadir undab turilsa, matbuot ertadan to kech zarbdorlik, dala ishlari, yetib bo‘lmaydigan «plan» haqida muttasil gapiraversa, bu holat har qanday erkin tafakkurga ham putur yetkazadi. Odamlar fikrini jamoaviy tarzda bir nuqtaga «yig‘ish», barcha o‘y-xayollarni umumiy bir o‘zanga bo‘ysundirish, tabiiyki, shaxsiy fikrni jilovlaydi», deb yozadi.
Maqolada mustaqillikning dastlabki chorak asrida shaxs erkinligi faqat nazariy tushuncha, hurriyat qay ma’nodadir «qaram mustaqillik»dek tuyulishi, jamiyat elitasida sovetcha yondashuvlar va erkin fikrdan cho‘chish holatlari yo‘qolib ketmagani juda haqqoniy ko‘rsatiladi.
Muallif maqola qahramoni tilining individualligini bir og‘iz gapi, o‘sha gapdagi birgina so‘z bilan bera olish qobiliyatini namoyish qiladi: «...u kishi Samarqandda ishlayotgan davrlarda yonma-yon ketarkanmiz, hazil aralash savol berdim. «Goh-gohida uxlab ham turasizmi, Shavkat Miromonovich?!» U kishi o‘z odatiga sodiq holda jilmayib javob qildi: «Manzildan-manzilgacha moshinada nima qilish mumkin?». Bu jumla Prezident nutqining tabiiyligi va shaxsiy odatini ko‘rsatishi bilan birga, uning ish sur’ati haqidagi uzundan-uzoq ta’riflardan ko‘ra ko‘proq ma’lumot beradi. Qudratilla Rafiqov Prezident xarakterini ana shunday kichik, ammo jonli detallar orqali ocha oladi.
Kitobdagi «Men umrimni shu xalqqa tikkanman!» maqolasida esa Prezidentning islohotlardan ko‘zlagan maqsadi uning o‘z so‘zlari orqali shunday ifodalanadi: «Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli bo‘lsin, nevaralari sog‘lom tug‘ilsin, maktabi ishlasin, yo‘llari ravon bo‘lsin deb ishga keldim…».
Bu samimiy fikr kitobning umumiy g‘oyasini anglab yetishda muhim ahamiyatga ega.
Qudratilla Rafiqov talqinida islohotlar insonning qadr-qimmati, turmushi va kelajakka ishonchida namoyon bo‘lishi kerak. Shu ma’noda, kitobda Prezident obrazi nafaqat davlat rahbari, balki millat tafakkurini harakatga keltirishga intilayotgan yetakchi sifatida namoyon bo‘ladi.
«Bunyodkorlikdan tafakkur o‘zgarishi sari» maqolasi ham ana shu masala tadqiqiga bag‘ishlangan. Oddiy maishiy manzara – Prezidentning zamonaviy savdo-ko‘ngilochar markazga borishi jamiyatning farovonlikka munosabati, odamlarning bugun yaxshi yashash huquqi va rahbar bilan xalq o‘rtasidagi masofa haqida mulohaza yuritishga undaydi.
Muallifning фикрича, katta islohot odamlarning o‘z imkoniyati, qadri va kelajagi haqidagi tasavvurini ham yangilashi kerak. Zero, tafakkur o‘zgarmasa, jamiyatdagi boshqa islohotlar barqaror bo‘lmaydi. Bu – kitobning eng muhim falsafiy xulosalaridan biri.
«Uyg‘onayotgan arslon» maqolasi maqsadini muallif: «...ko‘zlagan manziliga intilayotgan va bu jarayonda ulkan yutuqlarga erishayotgan Millatimiz lideri Shavkat Mirziyoyevning jasorat va sadoqatga evrilgan faoliyati haqida so‘zlash va bu kayfiyatni sizga ham ulashishdir» tarzida belgilaydi. E’tibor qiling, u axborot bermaydi, balki ijobiy kayfiyat uyg‘otib, uni o‘zgalarga-da ulashmoq istaydi.
Q.Rafiqov Prezidentning tinim bilmas faoliyatidagi yetakchi maqsad haqida: «...ming yillarki, ota-bobolari birga ahil-inoq yashab kelgan, ammo turli siyosiy sabablarga ko‘ra, ajralib va hatto ...bir-biroviga yovga aylanishiga ozgina qolgan xalqlarimizni birlashtirish, siltab uzib olingan tarixiy tomirlarga malham qo‘yish, bir zamonlar chuqur uyquga ketgan «arslon»ni uyg‘otish ekan...», degan to‘xtamga keladi.
Uxlayotgan arslonning, ya’ni shu vaqtga qadar birov tanimagan va tan olmagan yurtimizning uyg‘onishini maqola muallifi o‘zbek sportchilarining 208 davlat vakillari қатnaшgaн olimpiadada 13-o‘rinni, Osiyoda 4-o‘rinni, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-o‘rinni egallashida, 3 o‘zbek sportchisining «ikki karra olimpiya chempioni» bo‘lgani, boks va shaxmatdagi tengsiz yutuqlarida ko‘radi. Nega shu vaqtga qadar bo‘lmagan bunday olamshumul natijalarga endilikda erishildi, deb savol qo‘yadi muallif. U hodisalar zamiridagi qonuniyatlarni topadi. Shu bois yuqorida sanalganlar shunchaki sportdagi bir yutuq emas, balki millatning har jihatdan dunyo hisоблашishи kerak bo‘lgan sub’ektga aylanib borayotgani natijasi, deb biladi.
«Kutib ol, dunyo» maqolasida muallif o‘z to‘xtamini dangal aytadi: «Mendan Shavkat Mirziyoyevning bugungacha el-yurtimiz oldidagi eng buyuk xizmati nimadan iborat, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay, O‘zbekiston va xalqimiz sha’nini, obro‘sini qayta joyiga qo‘yganida, deb ayta olaman». Muallif bunga Prezidentning O‘zbekiston deyilsa, hamisha «Pokiston», «Afg‘oniston» deb talmovsiraydigan dunyoga O‘zbekiston va o‘zbekni adashmaydigan darajada tanitib qo‘yganini asos qilib ko‘rsatadi.
Q.Rafiqovning o‘zlikni anglash, identlilikka erishish istiqlolning dastlabki choragida ham ko‘ngildagiday bo‘lmaganini: «...milliy kodning eng asosiy unsuri bo‘lgan til borasidagi siyosatimiz eski zamonlarnikidan ko‘p farq qilgan emas» yo‘sinida izohlashi holatga sog‘lom tanqidiy qarash namunasi, deyish mumkin. Qudratilla Rafiqov mustaqillikning dastlabki chorak asrida davlat tiliga munosabat jamiyat kutgan darajada o‘zgarmaganini ochiq aytadi. Rasmiy mustaqillikka erishilgan bo‘lsa-da, milliy tilning davlat, ilm-fan va xalqaro muloqotdagi mavqei to‘liq qaror topmagan edi.
Muallif Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron nutqini o‘zbekcha so‘zlar bilan yakunlaganini alohida ma’naviy hodisa sifatida qabul qiladi. Chunki yaqin o‘tmishda maishiy munosabatlar doirasida qolib ketishi mumkin, deb qaralgan tilga jahonning yirik davlatlaridan biri rahbari hurmat ko‘rsatmoqda.
Albatta, til obro‘si faqat xorijiy rahbarning bir necha o‘zbekcha so‘zi bilan belgilanmaydi. Uning haqiqiy mavqei davlat boshqaruvi, ilm-fan, ta’lim, texnologiya va madaniyatda qay darajada ishlashiga bog‘liq.
Ammo ramziy hodisalar ham jamiyat ruhiyatiga ta’sir qiladi. Ular odamga o‘z tilining faqat uy va bozor tili emas, dunyo bilan teng muloqot qila oladigan madaniy qudrat ekanini his ettiradi.
Rafiqov publitsistikasining kuchi shundaki, u siyosiy protokoldagi kichik bir detaldan milliy qadr-qimmat haqidagi katta xulosalarga keladi.
Chindan ham o‘zbek tilining obro‘sini oshirish borasida Prezident misli ko‘rilmagan ishlar qildi. Tilni rivojlantirish departamentining tashkil etilishi hamda har bir tashkilotda davlat tili bo‘yicha maslahatchi lavozimining joriy qilinishi tilga e’tibor borasida hech qayerda ko‘rilmagan mislsiz ish bo‘ldi. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lish, o‘rtoq turk alifbosini qabul qilishga xayrixohlik o‘zligimizni namoyon etishning yorqin ko‘rinishlaridir.
Maqolada muallif Prezidentning shu va shu kabi ishlari haqida to‘xtalgach: «bugun jahonning bizga bo‘lgan qarashi ham, muomalasi ham o‘zgardi», degan xulosaga keladi. Ushbu maqolada Prezidentimizga Fransiyada ikki asrdan oshiq vaqt davomida olamdagi o‘ntagina kishiga berilgan «Faxriy legion» ordenining topshirilishi uning shaxsiga ko‘rsatilgan jahonshumul ehtirom ekanini alohida ta’kidlaydi.
«MILLAT SHAVKATI» kitobida Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga ham keng o‘rin berilgan. Muallif Markaziy Osiyo, qo‘shni xalqlar yaqinlashuvini tarixiy tomirlarni qayta bog‘lash, sun’iy begonalashuvlarni yengish va umumiy xotirani tiklash jarayoni sifatida ko‘radi.
«Tarix sinovlaridan o‘tgan haqiqat: O‘zbek va qirg‘izni hech kim va hech qanday kuch bir-biridan ayira olmaydi» nomli maqolada o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va birodarlik rishtalari haqida so‘z boradi. Muallifning фикрича, o‘zbek va qirg‘iz o‘rtasida yuzaga kelgan sovuqlik, chegara muammolari va o‘zaro ishonchsizlik xalqlarning tabiiy munosabatidan kelib chiqmagan. Ular siyosiy qarorlar, yopiqlik va yechilmay kelgan muammolar oqibatida kuchaygan.
Shavkat Mirziyoyevning qo‘shnilar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishi bu muhitni o‘zgartirdi. Qatnovlar tiklandi, chegara masalalari o‘z yechimini topdi, iqtisodiy va madaniy aloqalar kengaydi.
Rafiqov bu jarayonni qardosh xalqlarning bir-biriga qayta yaqinlashuvi sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, odamlar o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik davlatlararo munosabatlar bilan mustahkamlanmasa, vaqt o‘tishi bilan zaiflashishi mumkin. Shuning uchun siyosiy rahbariyatning vazifasi mavjud yaqinlikni sun’iy to‘siqlardan himoya qilish va uni amaliy manfaatlar bilan boyitishdan iborat.
Muallifning O‘zbekiston Prezidenti aytgan «Bizga kuchli va farovon qo‘shni – Qirg‘iziston kerak» degan fikrga alohida urg‘u berishi ham bejiz emas.
Bu qarashda yangi tashqi siyosiy falsafa ko‘zga tashlanadi: qo‘shnining zaifligi o‘zingning kuchingni oshirmaydi. Aksincha, beqaror va qashshoq atrof-muhit har qanday davlatning taraqqiyotiga xavf soladi. Farovon qo‘shni esa xavfsiz chegara, keng bozor, ishonchli sherik va umumiy taraqqiyot imkoniyati, demak.
Shu bois kitobdagi qo‘shnichilik mavzusi tashqi diplomatiya doirasidan chiqib, xalqlar taqdiri, tarixiy xotira va mintaqaviy kelajak masalasiga aylanadi.
Kitobdan o‘rin olgan maqolalardan biri «Alamim bor...» deb atalgan. Maqolada muallif alam bilan shunday deydi: «...biz ham uzoq yillar afsonaviy tariximiz, madaniyatimiz, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutdik. Dunyoning cheti, uchinchi darajali bir davlat, xalq deb qarashlariga ko‘nikdik. Va eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga сингgaн suvday «yo‘qolib» qoldi...».
Muallif tarixni necha bor tahrir qilgan etnos va uning yurti ochun ahlining ko‘pchiligi yodidan chiqqanidan iztirobga tushadi. Bu hol o‘zimizni olamga qayta tanitish zaruratini paydo qilganini urg‘ulaydi. Prezidentning: «...Nima uchun Islom sivilizatsiyasi markazini qildik? Millatimizning shonu shavkatini tarixga muhrlab qo‘yish uchun. Bu yerga kirgan odam chiqqandan keyin bu millatga ta’zim qilishi uchun qildik buni...», deganida ana shu tarixiy zarurat zohir bo‘lgan. Maqolada millatu Vatanning qadr-qimmatini жойиga qo‘yish, shonu shavkatini ulug‘lash Shavkat Mirziyoyevni mudom o‘ylantiradigan orzu ekani qayd etiladi.
Muallif tarixga ehtiyot va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish zarurligini, unga nosog‘lom yondashuv bugunga ham salbiy ta’sir qilishini urg‘ulaydi: «...bizda tarixga nazar turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, ba’zan uning itoatkor quliga aylandik. Ba’zan esa undan faxrlanish bilangina o‘zimizni ovutdik. Bilgunimizcha to‘qib-bichdik, qo‘lga qaychi olib, istagimizga mosladik».
Maqolada Islom sivilizatsiyasi Markazida turli xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari borligi, shuningdek, Al-Furqan, Oksford Islom tadqiqotlari markazi, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining 100 dan ortiq ilmiy institutlari, muzey va kutubxonalari filiallari ochilishi uning jahoniy maqomga egaligini bildirishi ta’kidlanadi. Millat tarixidagi ikki Renessans ham «...madaniyatlar almashinuvi, jahon ilm-faniga интеграциялаshuв orqali yuz bergan»ligi urg‘ulanadi. Sivilizatsiya Markazi ayni shu integrativ jihati bilan yangi Renessansga asos bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Markazda dunyoning ko‘plab ilm масканlarи, madaniy institutlar mutaxassislarining o‘zbek olimlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilib, uning navbatdagi milliy Uyg‘onishga xizmat qilishi alohida ta’kidlanadi.
Q.Rafiqov bugun qilinayotgan ishlar bilan millatning shonli o‘tmishida amalga oshirilgan yumushlar o‘rtasida o‘xshashlik ko‘radi. Chunonchi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi Markazining tashkil etilishi va faoliyatida ko‘plab mamlakatlarning mutaxassislari qatnashayotgani bilan Тuркисtoнda oldin yuz bergan Renessanslarning xalqlar va fanlar integratsiyasi natijasida sodir bo‘lgani o‘rtasida muvoziylik mavjud. U har qanday yuksalish milliy biqiq muhitda kichik miqyosda emas, balki keng hamkorlik natijasida yuz beradigan o‘ziga xos global hodisa ekanini ta’kidlaydi. Bu xildagi qarashlarni milliy tafakkurning chuqurlashib va yangilanib borayotganining xayrli belgisidir, deyish mumkin.
Kitobda olti yuzga yaqin chetga chiqib ketgan qimmatli artefaktlarning Islom markaziga qaytarilishi uning rutbasini ko‘tarishga xizmat qilishi aytiladi. Muallif bir vaqtlar o‘n ming xayriya binosi qurishni orzulagan Turon hukmdori Abdullaxonning armonlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgani tarixning davomiyligi belgisi ekaniga ham ishora qiladi.
«O‘zbekistondan «Yangi O‘zbekисtoн»gacha: YO‘QOTILGAN QALBNI IZLAB...» suhbat maqolasida muallif Olmoniyadagi «Berliner Zeitung» nashri siyosiy sharhlovchisi Tomas Fasbenderning: «O‘zbekistonni nafaqat геосиёсий, balki sivilizatsion nuqtai nazardan ham qit’aning markazi deyishga asoslar bor. Menimcha, olis o‘tmishda ushbu zaminda paydo bo‘lgan ikki buyuk yuksalish – Islom uyg‘onish davri va Temuriylar renessansi ulashgan madaniyat va ilm-fan nafaqat Sharq xalqlari yoki Islom olami, balki insoniyat tarixi uchun ham o‘ta muhim edi» tarzidagi haqqoniy e’tirofiga munosabat bildirish asnosida o‘zining millat tarixidan chuqur xabardorligi va buni o‘zgalar bilan bo‘lishib, harakat energiyasiga aylantirish borasidagi o‘ylari bilan o‘rtoqlashadi.
Muallifni ancha vaqt shonli tarixga ega millat nomidan boshqalar gapirgani, kimlardir bizni atrofga tanishtirgani, biz esa uzoq yillar o‘sha kuchlar oldida «churq etmay» o‘tiradigan zabonsiz kimsalarga aylanganimiz, bu holning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari o‘yga botiradi. Olim tarix borasidagi qarashlar mustaqillikning ilk choragida ham o‘zgarmaganini: «Davlat ijtimoiy-mafkuraviy sektorda xuddi ittifoq zamonlaridagidek qattiqqo‘l va yagona «o‘yinchi»ga aylandi. Bitta farqi, u mafkurasiz edi, xolos» yo‘sinida tamomila aniq va o‘ziga xos izohlaydi. Shu tariqa mafkura borasidagi yakranglik, albatta, fikrsizlikka olib kelishi juda ishonarli yo‘sinda ko‘rsatib beriladi.
Muallif jamiyatda din, milliy o‘zlik va tarixga hadik bilan qarash sovet konservatizmidan-da notavonroq holatni vujudga keltirgani, uning eng qo‘pol shakli jamiyat va millatning na turkiy, na islomiy mansublikka aloqador ekani o‘jarlarcha tan olinmaganida yaqqol namoyon bo‘lganini aytadi. Na milliy va na diniy jihatdan biror etnosga yaqinlikni tan olmaslik falsafasi jamiyatni jismonan yakkalab qo‘ygani, ma’lum ma’noda zaiflashtirgani ham ochiq aytiladi. Yaqin tariximizdagi qo‘shnilarimizga qarshi olib borgan siyosatimiz bizdagi milliy davlat va millat qurish jarayonlarini ortga surib yuborgani alohida ta’kidlanadi.
Q.Rafiqov yozadi: «Afsuslanarli tomoni, bugun mintaqadagi besh davlatda tarix fanining besh xil, ba’zi o‘rinlarda bir-biriga mutlaqo teskari versiyalari o‘qitilmoqda. Holbuki, ularning o‘tmishi bir edi». Bu xilma-xillik mintaqadagi etnoslar o‘rtasida bir-biroviga yotsirab qarashga xizmat qilishi muallif tomonidan afsus bilan ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif identlilik (kimlik yoki o‘zlik) tushunchasining asosini til, madaniyat, tarix, tarixiy xotira, din tashkil qilishini таъкидлаб, bularni inkor qiladigan mafkuraviy vakuum jamiyat uchun ham, davlat uchun ham xatarli ekaniga alohida urg‘u beradi. Biror sohada fikr va munosabat erkining yo‘qligi, ruxsat berilishiga qarab o‘ylash mumkinligi taraqqiyotga g‘ov bo‘ladi. Lekin egamanlikning dastlabki choragida maqolada aytilganidek: «...dekolonial kontekstdagi kimlik, an’analar silsilasi, o‘tmish, etnik mansublik yoki millat, milliy davlat tushunchasi va hatto tarixiy shaxslarga nisbatan qarashlarimizni ham hukmron rejim belgilab berdi. Va qanchalik g‘alati eshitilmasin, aynan shu qarashlari bilan u o‘zi inkor etayotgan sotsial mafkuraning «yo‘nilgan» muqobiliga aylandi». Chindan shunday edi.
Maqolada Shavkat Miromonovich tomonidan qo‘shnilar o‘rtasidagi muzlarni eritish, ular bilan samimiy munosabatlarni tiklashga kirishishning samarasi o‘laroq, 2018-yilga kelib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat kengashi ish boshlagani qayd etiladi. Garchi tuzilma yarim institutsional bo‘lsa-da, uzoq yillik tanaffus va o‘zaro tushunmovchiliklardan keyingi bir-birini anglash, fikrni bir joyga jamlab olish uchun o‘ta muhim platforma vazifasini bajargani ta’kidlanadi. Muallif: «O‘zbekисtoн bir asrlik tarixida ilk bor o‘zining turkiy etnosga mansubligini rasman e’lon qildi», deb yozadi iftixor bilan.
Olimning nemis jurnalisti bilan suhbatda egamanlikning dastlabki yillarida yurtimizdagi holat haqida aytgan: «...davlatning rasmiy tarzda o‘zini ifoda etadigan, egamanligini tasdiqlaydigan barcha ramzlar: bayroq, gerb, madhiya, pul, armiya, chegaralari bor, ammo ularga qo‘shimcha yana qandaydir notugallik ham borday edi. O‘zbekistonning davlat sifatida milliy «kim»ligidan bo‘lak hamma narsasi bor edi. Uning qalbi – o‘zligi yo‘q edi. ...U bir asrdan ortiq vaqt nari sug‘urib olingan qalbini qidirayotgan, uningsiz o‘zini notugal va noraso sezayotgan edi» tarzida og‘riqli, ammo haqqoniy fikrlari har qanday odamni jiddiy o‘yga tolishga majbur qiladi. Muallif millat o‘zligini qayerdan izlashi va qanday topishi haqida juda jiddiy va g‘oyat ehtirosli fikr yuritadi. U shonli tarixga ega millatning shu tarixga munosib buguni bo‘lishi kerakligini, bugunni esa juda yaxshi va haqqoniy o‘rganilgan o‘tmish ustigagina qurish mumkinligini, yurtning shonli tarixi shunchaki xotira emas, balki bugun va kelajak qurilishi kerak bo‘lgan poydevor bo‘lishi lozimligi yanglig‘ salmoqli fikrlar haroratli yo‘sinda ifoda etiladi. Prezident barpo etayotgan «Yangi O‘zbekiston» eskisidan millatning o‘zligini topishga yo‘naltirilgani bilan farq qilishini ta’kidlaydi.
Kitobdagi bir maqola «Bizni ulug‘ g‘oya – vatan manfaati birlashtiradi» deb ataladi va unda mamlakat kasaba uyushmalarining rivojida Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘rni qayd etiladi. Muallif: «Ro‘yirost e’tirof etish kerak, nodavlat tashkiloti bo‘lmish kasaba uyushmalarining «o‘zgarishi» O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan ilk kunlarga to‘g‘ri keladi. Prezidentimizning xalq davlat uchun emas, davlat odamlar uchun xizmat qilishi kerak, degan insonparvar сиёsaти mamlakatimizdagi nafaqat davlat, balki jamoat tashkilotlari uchun ham o‘tli chaqiriq bo‘ldi», deb yozadi va bunday yondashuv nodavlat tashkiloti bo‘lmish kasaba uyushmalarining ravnaqiga kuchli siyosiy va huquqiy asos bo‘lganini qayd etadi. Muallif Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgunga qadar bo‘lgan davlat g‘oyasi: «Davlatmi, nodavlatmi – har qanday tashkilot va muassasa borki, bitta «ustun» g‘oyaga bo‘ysundirilgandi. Bu oyog‘i loyga botib qolgan agrar sohani qulog‘idan tortish siyosati edi», deya ochiqchasiga yozadi.
Qudratilla Rafiqovning kitobi garchi o‘ta jiddiy ijtimoiy-сиёсий va amaliy masalalar tadqiqiga бағishланgaн bo‘lsa-da, juda tushunarli va hazmi oson yo‘sinda bitilgan. Bunga muallif ifoda samimiyati va tabiiyligi orqali erishgan. Muallif o‘qirman bilan yuzma-yuz turganday yozadi: «Sezib turibman, maqolaning сo‘nгги qismlari sizni zeriktirdi. Ensangizni qotirgan bo‘lsa ham ajablanmayman. Ruhi, matndagi xronologik ohang sovet ...davri kayfiyatini eslatuvchi ayni yo‘nalish bugun hayotimizda favqulodda «begona»ga aylanib qolgandek...». Bunday dangal iqror o‘ziga ishongan yozar tomonidangina qilinadi. Negaki u кейинги o‘rinlarda o‘qirmanni o‘ziga ergashtira olishiga ishonadi. Uslub jozibasi, ifoda ravonligi, so‘zlarni o‘rinli qo‘llash mahorati kitobning o‘qishli bo‘lishiga xizmat qilgan.
Muallifning «sanoat qo‘qimi», «desovetizatsiya», «kunlash» (hasad qilish), «qo‘rli» (ustuvor, hurmatli), «bonitet» (yer unumdorligi), «aktorlar» (harakatdagi, faoliyatdagilar), «markaz»ning qirmizi gumbazli saroylari», «buzmakor» (destruktiv), «tarix ikonasi» (tarix hashami), «multikulturalizm» (ko‘pmadaniyatlilik) singari o‘ta kam ishlatiladigan so‘zlarni o‘rnida qo‘llay bilishi uning yoziqlariga бетакрорlik baxsh etgan.
Meni bir o‘qirman sifatida kitob muallifining bitiklariga sarlavha qo‘yish mahorati qoyil qoldirdi. Avvalo, kitobning nomi bir necha ma’noli ekani bilan diqqatni tortadi: uni «Millatning shavkati» yoki «Millatning shavkatli o‘g‘li» yoxud «Millatning Shavkat Mirziyoyevi» tarzida tushunish va talqin qilish mumkin. Qizig‘i, bu versiyalarning har biri ham bitik mohiyatiga to‘la mos keladi. Shuningdek, maqolalarning «Shavkat Mirziyoyev: «Men umrimni shu xalqqa tikkanman!», «Bizni ulug‘ g‘oya – vatan manfaati birlashtiradi», «Bunyodkorlikdan tafakkur o‘zgarishi sari», «O‘zbekistondan «Yangi O‘zbekiston»gacha: yo‘qotilgan qalbni izlab...», «Uyg‘onayotgan arslon», «Kutib ol, dunyo» singari nomlanishi kishini beixtiyor o‘ziga jalb etadi.
Xullas, bu kitob jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlardan xabardor qilibgina qolmay, bu o‘zgarishlar muallifi bo‘lmish Prezidentimizni o‘qirmanga yanada yaqinlashtiradi, hamfikrga aylantiradi.
Qozoqboy YO‘LDOSH,
Toshkent Amaliy fanlar universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori