Psixologlar forumi o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan "Maktab va maktabgacha ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi psixologlar forumi o‘tkazildi.
Forum davomida psixologlar uchun 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy ish reja taqdimoti va guruhlarda «Addiktiv xulq-atvor turlari, sabablari va profilaktikasi», «Agressiv xatti-harakatlar», «Autodestruktiv xulq-atvor profilaktikasi» va «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida delikvent xulq-atvor profilaktikasi», «Qadriyatlar shaxsning asosi sifatida» mavzulari asosida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirilishiga erishildi.
Ushbu forum o‘tkazilishidan asosiy maqsad, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat yo‘nalishida innovatsion yondashuvni joriy etish, psixologlarning ijodiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlash, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish, psixologik xizmatga oid islohotlar izchilligini ta’minlash, psixologik xizmat sohasidagi rivojlangan davlatlar ish tajribalarini o‘rganish, talqin etish, ommalashtirish va hamkorlik strategiyasini belgilash, xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish, ta’lim psixologiyasi sohasidagi ilg‘or fundamental tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy resurslarni birlashtirish, psixologlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, o‘zaro hurmat, manfaatlarini inobatga olinishidan iborat.
Shuningdek, tadbirning o‘tkazilishi psixologlarga bildirilgan e’tibor natijasi bo‘lib, o‘z kasblarining fidoyisi, mas’uliyatli bo‘lishi, kelajak avlod tarbiyasiga ayniqsa ularning ruhiy salomatligiga katta hissa qo‘shishlariga zamin yaratadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1aVWa4cTrh4" title="Psixologlar forumi oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA