Profilaktika inspektori faoliyati samaradorligini oshirish muhim masala
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
Shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻrnatilayotgan yangi mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ichki ishlar organlarining roli va masʼuliyatini yanada oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maqsadida tuman (shahar) hokimlari har oyda mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektori bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻradi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari har yarim yilda mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektorining hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash ahvoli boʻyicha hisobotini eshitadi va zarur choralarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan har chorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda koʻrilayotgan choralarning natijalarini tanqidiy muhokama qilib, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti joriy etildi. Shu bilan birgalikda ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va samaradorlik indikatorlarini oʻz ichiga oluvchi reyting tizimini joriy etilishi nazarda tutildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIViing 2022-yil 20-yanvardagi «Ichki ishlar organlari profilaktika xizmati va probatsiya inspektorlari, patrul-post hamda yoʻl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi. Ushbu buyruqqa koʻra, Ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlarining ish samaradorligi baholash indikatorlari ishli ilovalarga muvofiq tasdiqlandi.
2022-yilning birinchi choragi yakuniga kadar Vazirlik tarkibidagi tegishli Departament rahbarlari, ichki ishlar organlari profilaktika xizmati va probatsiya inspektorlari, patrul-post hamda yul-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholab borishning avtomatlashtirilgan “E-baholash” reyting tizimi va dasturiy taʼminotini yaratishi, shuningdek “E-baholash” reyting tizimi yordamida har bir xodimning ish natijalari inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda, individual tartibda jamlab borishi, tahlil qilishi, ish natijalaridan kelib chiqqan holda ijobiy va salbiy koʻrsatkichlar boʻyicha xodimlarning reytingini belgilab borishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratishi koʻrsatilgan. Shuningdek, Departament tarkibidagi tuzilma xodimlarini xizmat vazifalarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ish samaradorligi indikatorlari asosida xodimlarning faoliyatini baholash, ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirib borish tartiblari va manbalari belgilangan holda ishlab chiqishi belgilandi.
Shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 6-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotlarini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻi qabul qilindi. Ushbu buyruqqa koʻra, profilaktika inspektorining mahalla fuqarolar majlislarida har oy yakuni boʻyicha oyda hisobot berib borish tuman (shahar) IIB XPB tomonidan ishlab chiqilgan va boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tashkil qilinadi. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish kuni fuqarolar Yigʻini kengashi tomonidan ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan IIB rahbar bilan kelishilgan holda belgilanadi, Yigʻin oʻtkazilishidan uch kun oldin bu haqida fuqarolar yigʻinining koʻrinarli joyiga eʼlon osib qoʻyiladi.
Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻin fuqarolar yigʻini raisi tomonidan olib boriladi. Yigʻin bayonnomasi fuqarolar yigʻini raisi, masʼul kotib, IIBning ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbar tomonidan imzolanadi.
Profilaktika inspektorlarining hisobot berish jarayonida mahalla fuqarolar yigʻini raisi, uning maslahatchilari, komissiyalari aʼzolari, diniy-maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, taʼlim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari vakillari, maʼmuriy hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, shuningdek, hududga masʼul etib biriktirilgan rahbarlardan biri ishtiroki taʼminlanishi kerak.
Profilaktika inspektori faoliyati samaradorligini oshirishda bu kabi jarayonlarning ahamiyati muhim sanaladi.
Muhammadali Jabborov,
Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi kursanti.