Professional boks: Joxjahon navbatdagi g‘alabasini tantana qildi
Avval xabar berganimizdek, AQSHning Texas shtati Detroyt shahridagi "Garden Theater«da hamyurtimiz Shoxjahon Ergashev ishtirokidagi navbatdagi professional boks musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Shoxjahon Ergashev meksikalik Anxel Martines Ernandesga qarshi jang o‘tkazdi. Eng yengil vazn toifasida 10 raundga mo‘ljallangan jang 5-raundda Ergashevning texnik g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, Shoxjahonning kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik bokschi bir necha bor nokdaun holatiga tushdi va natijada referi jangni to‘xtatdi. Bu g‘alaba hamyurtimizning professional boksdagi yutuqlar soni 23 taga yetishini ta’minladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA