Prezident asarlari bilimdonlari taqdirlandi
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “Prezident asarlari bilimdoni” mavzuidagi esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “Prezident asarlari bilimdoni” mavzuidagi esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, Toshkent shahar kengashi faollari, “Ayollar qanoti” yetakchilari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamurodov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov asarlari yoshlarning bilim va tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan, vatanparvarlik hissini kuchaytiradigan ulkan ma’naviy boylik ekanini ta’kidladi.
Tanlovda ishtirok etish asnosida yoshlar mustaqillikka erishish yo‘lidagi kurashlar, uni har tomonlama mustahkamlash va mamlakatimizni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tarixi va ahamiyatini tushunib yetmoqda. O‘z mustaqil fikriga, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lib ulg‘aymoqda.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Prezident asarlari bilimdoni” esselar tanloviga yoshlarning qiziqishi yildan-yilga ortib borayotir. Bu yilgi tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 1 ming 300 dan ziyod kitobsevar yosh ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.
Ular Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlaridan olgan taassurotlari haqida esselar yozdi.
– Tanlovda Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarlaridan olgan taassurotlarim asosida yozilgan ijodiy ishim bilan ishtirok etdim, – deydi Urganch davlat universiteti talabasi Munira Rahimova. – Bu asarlardan xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz, mustabid tuzum davridagi ahvol va mustaqillikning qadri haqida ko‘p narsalarni bilib oldim.
Tanlovda har bir hududdan g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yaxshi notiq”, “Eng yaxshi ijodiy yondashuv uchun”, “Eng faol ishtirokchi” kabi nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan yigit-qizlarga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.