Portugaliyalik agent: “O‘zbekiston Portugaliyadan ochko olishi mumkin”
Yarim himoyachi Bernardu Silvaning hozir optimal sport formasida emasligini, hujumchi Krishtianu Ronaldu esa hujumda yetarlicha harakatchanlik ko‘rsatmaganini ta’kidladi.
Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barbosa JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliya milliy terma jamoasining O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchi komil emasligini bildirdi.
Barbozaning fikricha, Portugaliya terma jamoasi DR Kongo bilan kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda ko‘plab kamchiliklarni namoyish etgan.
Agent, shuningdek, yarim himoyachi Bernardu Silvaning hozir optimal sport formasida emasligini, hujumchi Krishtianu Ronaldu esa hujumda yetarlicha harakatchanlik ko‘rsatmaganini ta’kidladi.
“Kechagi o‘yinga qarab baho beradigan bo‘lsak, Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchim yo‘q. Men o‘zbekistonliklarning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini ko‘rdim. Nazarimda, O‘zbekiston DR Kongodan kuchliroq jamoa. Bizni juda qiyin uchrashuv kutmoqda. Tarkib va ayniqsa hujum chizig‘idagi o‘yinni zudlik bilan o‘zgartirish kerak”, — dedi Barbosa.
Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.