Luis De la Fuente Lamin Yamalning holatiga izoh berdi
Biz hech qanday tavakkal qilmaymiz.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoa hujumchisi Lamin Yamalning navbatdagi uchrashuvdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchining maydonda qancha vaqt harakat qilishi o‘yin davomida yuzaga keladigan vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
“Vaziyatni baholashimiz kerak. Ko‘pincha o‘yinlar ikkinchi bo‘limda hal bo‘ladi, shu sababli boshidanoq tempni oshirish yoki raqib charchagan paytda Laminning imkoniyatlaridan foydalanish haqida o‘ylaymiz. Bizda dastlabki reja bor, ammo o‘yin davomida yuz beradigan ko‘plab omillar uni o‘zgartirishi mumkin. Lamin 90 daqiqaga tayyor emas, biroq u o‘ynay oladi. Biz hech qanday tavakkal qilmaymiz. Uning optimal o‘yin vaqti taxminan bir soat, ammo bu 60 yoki 53 daqiqa ham bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz. Futbolda qarorlarni o‘zgartirishga majbur qiladigan minglab mayda tafsilotlar bor”, — dedi de la Fuente.
Ispanlar guruh bosqichining 2-turi doirasida Ispaniya terma jamoasi 21-iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, ispanlar H guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.