Hakan Chalhanog'lu: Butun xalqimizdan uzr so'raymiz
Futbolchi jamoa bor kuchini ishga solganini, biroq natija ularning foydasiga bo‘lmaganini tan oldi.
Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Hakan Chalhanog‘lu jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidan guruh bosqichidayoq chiqib ketganiga munosabat bildirdi.
Futbolchi jamoa bor kuchini ishga solganini, biroq natija ularning foydasiga bo‘lmaganini tan oldi.
"So‘z topish qiyin. Biz bor kuchimizni berdik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Zarba beramiz — gol ura olmaymiz. To‘p ustun yoki to‘singa tegadi. Omad biz tomonda bo‘lmadi. Raqib esa bitta zarbadan gol urib, uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Butun xalqimizdan uzr so‘rayman. Bizda yosh jamoa shakllanmoqda. Oldinda hali ko‘plab turnirlar bor. Balki bu men uchun so‘nggi turnirdir, ammo muxlislardan yosh futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman", — dedi Chalhanog‘lu.
Turkiya terma jamoasi guruh bosqichining ikki turidan so‘ng hali ochko jamg‘ara olmadi va muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.