Polvonlarimiz Osiyoda tengsiz
Xitoy Taypeyida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz 8 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Xitoy Taypeyida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz 8 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Qit’aning o‘ndan ziyod davlatidan ikki yuzga yaqin kurashchi ishtirokida o‘tkazilgan chempionatda polvonlarimizdan Husniddin Qarshiboyev, Shahboz Nurmatov, Furqat Ma’rupjonov, Shahrom Ahadov, Beknazar To‘raqulov, Ro‘zimurod Muximov, Shoxruh Pirimqulov o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Mirjalol Orziqulov, Yigitali Cho‘tboyev, O‘rol Sodiqov, Mahmud Ablaqulov, Burgutali Eshpo‘latov kumush medal bilan taqdirlandi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Muxlisa Abdumalikova Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Mahliyo Qo‘ldosheva, Alfiya Gandiyeva, Shohista Nazarova bronza medalni qo‘lga kiritdi.