Polsha va Ruminiya Ukraina donini qabul qilmayapti
“Daily Guardian” nashri xabar berishicha, Ukrainadan Yevropa orqali g‘alla va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha so‘rovi Polsha hamda Ruminiya tomonidan rad etildi. Qora dengiz yo‘nalishida yuzaga kelayotgan to‘siq sababli Kiyev muqobil yo‘ldan foydalanish bo‘yicha yordam so‘ragan. Shuningdek, transport xarajati keskin ortgani bois, 1,1 milliard yevro miqdorida moliyaviy ko‘mak talab qilinishini bildirgan.
Bryusselga borgan Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Taras Visotskiy hozir mamlakat eksportining qariyb yarmi Yevropa orqali tashilayotganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, agar tranzit imkoniyati kengaytirilmasa, 2026-yil 35 million tonnagacha hosil qolib ketishi, natijada mahalliy fermerlar daromadi kamayib, kelasi yil uchun ekin maydoni 35-40 foiz qisqarishi mumkin.
Binobarin, Varshava va Buxarest mahsulot o‘tkazish quvvati allaqachon chegarasiga yetganini ma’lum qildi. Ruminiya qishloq xo‘jaligi vaziri Barna Tansosh mamlakati uchun mahalliy dehqon manfaati birinchi o‘rinda turishini alohida uqtirdi. Bundan tashqari Dunay daryosida suv sathi pasayib, Ukraina doni Ruminiya portlariga qo‘shimcha bosim o‘tkazyapti. Bu mahalliy fermerlar o‘z mahsulotini sotishiga xalaqit beryapti.
“Financial Times” nashri yozishicha, Ukraina Qora dengiz orqali eksport qilishiga Rossiya dronlari tomonidan berilayotgan zarbalar asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA