Piter Krauch: «Foden va Palmer kabi futbolchilar har qanday holatda ham terma jamoaga chaqirilishi shart edi»
Taniqli sobiq futbolchining fikricha, Fil Foden va Koul Palmer kabi o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladigan ijrochilar har qanday vaziyatda ham mundial qaydnomasidan joy olishlari lozim edi.
Angliya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch bosh murabbiy Tomas Tuxel tomonidan JCh-2026 musobaqasi uchun e’lon qilingan yakuniy tarkibga munosabat bildirdi.
Taniqli sobiq futbolchining fikricha, Fil Foden va Koul Palmer kabi o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladigan ijrochilar har qanday vaziyatda ham mundial qaydnomasidan joy olishlari lozim edi.
— Foden va Palmer kabi futbolchilar uchrashuvlar taqdirini butunlay o‘zgartirib yuborishga qodir, — dedi Piter Krauch. — Shunday toifadagi o‘yinchilar borki, ular o‘zlarining eng yaxshi sport formasida bo‘lmasa ham baribir har qanday sharoitda tarkibga jalb etilishi shart. Bu aynan o‘sha holatdir. Ayniqsa, Palmer jamoaga juda kerak edi — uning sovuqqonligi va xotirjamligi o‘yinidan keyingi penaltilar seriyasida asqotgan bo‘lardi.
Eslatib o‘tamiz, ingliz futboli yulduzlari Fil Foden («Manchester Siti») va Koul Palmer («Chelsi») Tomas Tuxelning taktik qarashlari sababli Angliya terma jamoasining Shimoliy Amerikada o‘tadigan jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu qaror Angliyada hamon mutaxassislar va muxlislar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.