Pedagoglarga ustama belgilashda adolatlilik ta’minlanyaptimi? (+video)
Bugun ta’lim tizimida pedagoglarni rag‘batlantirish va ularga ustamalar belgilash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo bunday ustamalar belgilanishida adolatlilik qay darajada ta’minlanmoqda?
Parlament quyi palatasida bo‘lib o‘tgan “Hukumat soati”da ta’lim sohasidagi masalalar muhokama qilinar ekan, deputatlar shu kabi savollar bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga yuzlandi.
Manzura Salimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
— Pedagoglarni rag‘batlantirish va ularga ustamalar belgilashda ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
E’zoza Karimova, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri:
— 2024-yil 1-yanvardan boshlab pedagoglarga malaka toifasi berilishida yangi tartib belgilangan. Bugungi kunda pedagoglarning nafaqat mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasi, balki kasb mahorati ham baholanib borilyapti. Sinov jarayonlarining adolatliligi, haqqoniyligini ta’minlash maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanilyapti. Test natijalari, baholash ma’lumotlarini o‘zgartirib bo‘lmaydigan texnologiyadan foydalanib, raqamli reyestrda saqlash mexanizmlari joriy qilindi. Shuningdek, ushbu mexanizmlar inson omili aralashuvini minimallashtirish, soxtalashtirishning oldini olish imkonini beradi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ULDU7wZ2ris" title="Pedagoglarga ustama belgilashda adolatlilik ta’minlanyaptimi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, I.Ismatov (video), O‘zA