Paxtazorlar 38 foizga qisqargan bölsa-da, hosil salkam uç barobarga köpaydi
Mamlakatimiz tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni yiğilib, rekord natijaga erişildi. Şu munosabat bilan davlatimiz rahbari dehqon va fermerlar, klaster xodimlari va barça qişloq xöjaligi xodimlariga tabrik yölladi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi aʼzosi Muqaddasxon Ahmedova öz fikr-mulohazalari va munosabatini bildirdi:
— Bu yil yurtimiz uçun nihoyatda barakali yil böldi. Qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar paxtaçilikda ham özini körsatdi. Paxta hosilini yetiştirişda biz bu yil 5 million tonnani zabt etdik. Bu – Özbekiston tarixida ilk marotaba bölayotgan jarayon hisoblanadi.
Şu munosabat bilan yurtboşimizning butun xalqimizga, fermer-dehqonlarimizga yöllagan tabrigini öqir ekanman, behad faxrlanib ketdim. Raqamlarga töxtalsak, paxta yiğim-terimida ötgan asrning 80-yillarida 2 million gektar paxta maydonlari bölgan bölsa-da, hosil 3 million tonna hisobida olingan. Mustaqillik yillarida, hatto 2000-yillarda ham 1,4 million gektarda paxta yetiştirilgan va hosil 3 million tonnadan ortmagan. Qolaversa, öqituvçidan tortib, öquvçi-talabalar, barça taşkilotlar xodimlari paxta mavsumida dalalarda bölganimizni juda yaxşi eslaymiz.
Sönggi yillarda yurtboşimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar asnosida qişloq xöjaligi ekin maydonlariga ilmning olib kirilişi, zamonaviy texnologiyalarning qöllanilişi va qolaversa, sunʼiy intellektdan foydalanilişi öz natijasini körsatdi. Yaʼni, paxta maydonlari 38 foizga qisqargan bölsa-da, olayotgan hosilimiz salkam uç barobarga köpaydi — hosil 21 sentnerdan 56 sentnerga kötarildi.
Bu öz-özidan erişilgan marralar emas. Bu - sohaga qaratilayotgan eʼtibor, fermer va dehqonlarimizga şaroit yaratib berilişi, qonunçilikning takomillaştirilişi, xorijiy tajribalar örganilgani, xorijdan zamonaviy qişloq xöjaligi agrotexnologiyalarining olib kirilişi, bir söz bilan aytganda, sohada yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasidir.
Hosilning 85 foizi yiğim-terim maşinalarida terib olingani ham katta yutuq. Bu xalqimizni, ayniqsa, paxta yiğim-terimida iştirok etişi mumkin bölgan ayollarimizni oğir mehnatdan xalos etdi. Qolaversa, qişloq xöjaligini rivojlantirişga juda katta eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA