Içki bozorda bankomatlarga ham talab kattaligi aytildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqot ötkazmoqda.
Içki bozorda bankomatlarga ham talab katta. Ötgan yili mamlakatimizda 9 mingta bankomat xarid qilinib, 50 million dollardan ortiq mahsulot import qilingan. Savdo va köngiloçar majmualar, yangi uy-joy massivlarining köpayişi bilan mazkur ehtiyoj yana ortadi.
Şu munosabat bilan bankomatlarga bölgan talabni hisob-kitob qiliş, texnologiya va investorlarni jalb etib, ularning mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlarini örganiş vazifasi qöyildi.
Şu kabi imkoniyatlar Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uçun invertorlar va zaryadlaş qurilmalari, Namanganda suv nasoslari uçun energiya tejamkor elektr dvigatellar, Qoraqalpoğistonda serverlar uçun uzluksiz elektr taʼminoti va sovitiş tizimlari işlab çiqariş yönalişlarida ham mavjud.
ÖzA