Elektrotexnika sanoatida katta texnologik sakraşni amalga oşiriş zarurligi taʼkidlandi
Prezidentimiz elektrotexnika sanoatidagi navbatdagi vazifa işlab çiqariş quvvatlarini köpaytiriş bilangina çeklanmasdan, katta texnologik sakraşni amalga oşiriş ekanini taʼkidladi.
Masalan, 2030-yilgaça energiya saqlaş quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkaziş rejalaştirilgan. Xorijlik hamkorlar uşbu loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanişga tayyor, ammo ular uçun zarur ayrim uskunalar hali mamlakatimizda işlab çiqarilmayapti.
Şuningdek, savdo majmualari, korxonalar, uy-joylar va köçalarda videokuzatuv uskunalariga talab ortib bormoqda. Ularning içki bozordagi yillik ehtiyoji 200 million dollarga yetadi, qöşni mamlakatlar bozorini hisobga olganda esa 600 million dollardan oşadi. Buxorodagi “Digital security” va Samarqanddagi “Samvision” korxonalari öz dasturiy taʼminoti asosida yiliga 2 mingta kamera işlab çiqarmoqda.
Bunday loyihalarni köpaytiriş zarurligi körsatib ötildi.
ÖzA