“Paxtakor” va “AGMK”da g‘alaba, “Nasaf” durang qayd etdi
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Paxtakor”, “AGMK” va “Nasaf” futbol klublari navbatdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Olmaliqliklarning bu safargi raqibi qo‘shni Qozog‘istonning “Kaspiy” klubi bo‘ldi. O‘yinda “AGMK” klubi raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvdagi ikki golga Xurshid G‘iyosov mualliflik qildi.
Mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Paxtakor” Ukrainaning “Minay” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni “Paxtakor”ning yangi a’zosi Oliver Sharkich penaltidan kiritdi.
Shuningdek, Qarshining “Nasaf” jamoasi Ruminiyaning “Universitatya Kluj” jamoasiga qarshi maydonga tushib 1:1 hisobida durang qayd etdi.
O‘zA