“Paxtakor” 1/8 finalga chiqdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining soʻnggi 6-turida “Shahr Xodro”va “Paxtakor” jamoalari oʻzaro raqobatlashdi.
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining soʻnggi 6-turida “Shahr Xodro”va “Paxtakor” jamoalari oʻzaro raqobatlashdi.
“V” guruhidan oʻrin olgan mazkur uchrashuvning ikkinchi boʻlimi 65-daqiqasida “Paxtakor” klubi aʼzosi Jaloliddin Masharipov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Ushbu yagona gol oʻyin oxiriga qadar saqlanib qoldi. Shu tariqa poytaxtimiz jamoasi 10 ochko bilan oʻz tarixida beshinchi bor musobaqaning guruhidan chiqdi.
Shuningdek, ushbu guruhdan oʻrin olgan “Al- Hilol” – “Shabob Al- Ahli” oʻyini bekor qilindi. Saudiya Arabistoni klubi bahsni 9 nafar futbolchi bilan boshlamoqchi boʻldi. Qoidalarga koʻra, bir oʻyin uchun qaydnomadan kamida 13 nafar futbolchi oʻrin olmasa, bahs oʻtkazilmaydi. Shu sababli ham “Al- Hilol” Osiyo Chempionlar ligasidan chetlatildi.
Soʻnggi turgacha guruhda peshqadamlik qilgan va 1/8 finalga chiqish masalasini hal qilgan “Al- Hilol” turnirni tark etgani bois, ushbu jamoa ishtirokidagi bahslar natijalari bekor qilindi.
Shu tariqa “Paxtakor” “V” guruhida birinchi oʻrinni egallab, 1/8 finalga yoʻl oldi va 26-sentyabr kuni Eroning “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.