Pashinyan: Armaniston va Rossiya munosabati avvalgidek emas
– Armanistonda tinchlik muhiti saqlanib qolar ekan, Rossiya bilan munosabat avvalgidek bo‘lib qolmaydi, – dedi Bosh vazir Nikol Pashinyan Armaniston internet televideniyesida. – Zero, mojaro va tinchlik sharoitida davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar farqlanadi.
Hukumat rahbari Moskvada ikki mamlakat hamkorligining yagona ehtimoliy xususiyati faqat rus tomoniga mos keladigan format deb hisoblaydigan kuchlar bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
RFga bo‘lajak safari kun tartibi borasida to‘xtalib, Pashinyan turli masalalar muhokama qilinishini aytdi.
S.Rahimov, O‘zA