Bahraynda Tojikiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi
Tojikiston Respublikasining Saudiya Arabistoni va Bahrayndagi elchixonalari tashabbusi bilan qardosh mamlakat mustaqilligi 35 yilligiga bag‘ishlab Bahrayn Tashqi ishlar vazirligida qo‘shma anjuman tashkil etildi.
Tadbirda Favqulodda va muxtor elchi Akram Karimiy, mezbon davlat Tashqi ishlar vazirligi yuqori mansabdor shaxslari va Muhammad ibn Muborak nomli Diplomatiya akademiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Qatnashchilar Tojikistonning mustaqillik davridagi yutuqlari, xalqaro tashabbuslari, tojik diplomatiyasi tarixi, shuningdek ikki yurt o‘rtasidagi munosabatning joriy holati va istiqboli yuzasidan fikr almashdilar.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA