Paraosiyo o‘yinlarida medallarimiz soni 11 taga yetdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 2 ta oltin, 4 ta kumush hamda 5 ta bronzani tashkil etimoqda.
Quvonarlisi, Paraosiyo o‘yinlarining ayollar o‘rtasida S5 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish finalida Lolaxon Qodirova 37,88 soniya natija ko‘rsatib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shu tariqa Lolaxon delegatsiyamizga ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Darvoqe, ushbu yo‘nalishja xitoylik Lu Dun 37,92 soniya bilan ikkinchi, Xe Shengao esa 38,70 soniya bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida K44 toifasida Fayyozbek Valijonov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Umida Mamarajabova esa ayollar o‘rtasida K44 toifasida 52 kilogrammgacha vaznda kumushga sazovor.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA