V Paraosiyo o‘yinlari: terma jamoamiz medal jamg‘arishda muvaffaqiyatli odimlamoqda!
V Paraosiyo o‘yinlarining bugun 19 oktbyar kunidan o‘rin olgan sport musobaqalarida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari jamg‘argan medallar soni 22 taga yetdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Yaponiyaning Aychi va Nagoya shahrlarida davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarining parasuzish dasturida hamyurtimiz Dias Mirmanov erkaklar o‘rtasida SM9 toifasida 200 metrga kompleks suzish bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Azizbek Boynazarov erkaklar o‘rtasida S8 toifasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Hozirda para sportchilarimiz tomonidan o‘yinlarning 6 ta oltin, 10 ta kumush, 6 ta bronza medali delegatsiyamizga taqdim etilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA