Qudratillo Ma’rufxo‘jayev Paraosiyo o‘yinlarida rekord o‘rnatib, chempionga aylandi
Yaponiyaning Aychi-Nagoya shahrida tashkil etilgan Paraosiyo o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha bahslar delegatsiya a’zolarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Gap shundaki, para yengil atletika bahslarining erkaklar o‘rtasidagi F37 tasnifida yadro uloqtirish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Qudratillo Ma’rufxo‘jayev 16,66 metr natija bilan birinchi o‘rinni egallab, ushbu natija orqali Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Ushbu dasturdagi yana bir hamyurtimiz To‘libboy Yo‘ldoshev 15,79 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi F32 toifasida klab uloqtirish bahslarida 24,08 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, sportchimiz ushbu natija orqali Paraosiyo o‘yinlari rekordini ham yangiladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 6 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza, jami 20 taga yetdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA