Para sportchilarimiz V Paraosiyo o‘yinlariga yo‘l oldi
Bugun, 12-oktabr kuni V Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi kunchiqar yurtga yo‘l oldi.
45 ta mamlakatning 4 ming nafarga yaqin para sportchilari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur o‘yinlar joriy yilning 18-24-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

18 ta sport turi bo‘yicha kechadigan to‘rt yillikning bu galgi o‘yinlarida mamlakatimizning matonatli va irodali para sportchilari 11 ta sport turida vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz para sportchilari bundan to‘rt yil muqaddam Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan IV yozgi Paraosiyo o‘yinlarida 25 ta oltin, 24 ta kumush, 31 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoada 8-o‘rinni egallagan edi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA