Para dzyudoçilarimiz Misrdagi Gran-prida 10 ta medalga sazovor böldi
Misrning Iskandariya şahrida para dzyudo böyiça IBSA Gran-pri musobaqasi yakunlandi. Unda Özbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli iştirok etib, jami 10 ta medal — 2 ta oltin, 3 ta kumuş va 5 ta bronza medalini qölga kiritdi.
Musobaqaning J2 klassi böyiça ötgan bellaşuvlaring 60 kilogrammgaça vaznda Kumuşxon Xöjayeva va -70 kilogramm vaznda Kemran Nurillayev oltin va Şerzod Namozov bronza medalini qölga kiritdi. Şuningdek, 70 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Mohinur Parmonova kumuş medalga sazovor böldi.
J1 klassida 60 kilogrammgaça vaznda Uljon Amriyeva va 81 kilogrammgaça vaznda Şohrux Mamedov kumuş, 52 kilogrammgaça vaznda Bonu Babayeva, 70 kilogrammdan yuqori vaznda Feruza Ergaşeva, 95 kilogrammgaça vaznda Muhammad Abduqulov hamda 95 kilogrammdan yuqori vaznda Islomjon Töxtaboyev bronza medaliga ega çiqdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA