Para atletlarimizning yana bir muvaffaqiyati
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobi yana bir oltin medal bilan to‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ayollar o‘rtasida F46 toifasida yadro uloqtirish bellashuvlarida 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13,07 metr natija qayd etib, Osiyo rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi medallari soni 3 ta oltin, 4 kumush va 1 ta bronza, jami 8 ta yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA