Oziq-ovqat sanoati va HoReCa sohasining zamonaviy yechimlari namoyish etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida oziq-ovqat sanoati, restoran va mehmonxona biznesi sohalari vakillarini birlashtirgan “FoodWeek & HoReCa Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Koreya Respublikasi va Qozog‘istondan 50 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, ishlab chiqarish uchun xomashyo va ingrediyentlar, qayta ishlash hamda qadoqlash uskunalari, shuningdek, HoReCa sohasi uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiya va yechimlar namoyish etildi.
[gallery-29806]
Ko‘rgazma oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, yangi mahsulot va texnologiyalarni taqdim etish, ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.
Tadbir doirasida biznes uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilib, yangi sheriklar topish, investitsiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA