Özbekistonning Xalqaro reytinglarda yuqorilaşida metrologiyaning örni
Metrologiya sohasidagi islohotlar samarasi 2026-yilda eng yuqori körsatkiçlarni qayd etmoqda.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş uçun sifat infratuzilmasi indeksi (QI4SD) 2026-yilgi natijalari mamlakatimizning iqtisodiy va sanoat salohiyati xalqaro miqyosda jadal oşib borayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Xususan, Özbekiston 2022-yilda 130-örinni, 2024-yilda 95-örinni egallagan bölsa, 2026-yilgi reytingga köra 42,3 ball töplab, 170 ta davlat orasida 67-öringa kötarildi. Bu körsatkiç 2024-yilga nisbatan 28 poğonaga, sönggi tört yil davomida esa 63 poğonaga yuqorilaganini anglatadi. Uşbu ulkan muvaffaqiyatga erişişda sifat infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hamda xalqaro savdoning işonçli poydevori hisoblangan metrologiya sohasida amalga oşirilgan izçil islohotlarning hissasi beqiyos.

Jumladan, umumiy muvaffaqiyatning tarkibiy qismi sifatida metrologiya sohasining özigina 2024-yilga nisbatan 20 poğonaga yuqorilab, 24,8 ball bilan 70-örinni egalladi. Örni kelganda aytiş joizki, 2024-yilda uşbu körsatkiç 90-örin va 15,9 ballni taşkil etgan edi.
Raqamlarning yaqqol tahlili şuni körsatadiki, sohada erişilgan har bir indikator mamlakatimizning global integratsiya jarayonlarida faol iştirok etayotganini bildiradi. Xususan, Özbekiston 2025-yildan buyon Xalqaro ölçovlar va vaznlar byurosining (BIPM) tölaqonli aʼzosi maqomiga ega bölib, hozirgi kunda BIPMning 4 ta konsultativ qömitasida faol iştirok etiş böyiça zarur amaliy çora-tadbirlar körilmoqda. Şu bilan birga, Xalqaro qonunçilik metrologiyasi taşkilotida (OIML) respublikamiz 2001-yildan buyon uyuşgan aʼzo hisoblansa, ayni paytda tölaqonli aʼzo sifatida kiriş va Xalqaro konvensiyaga qöşiliş kabi muhim huquqiy hamda institutsional jarayonlar izçil amalga oşirilmoqda.
Statistik raqamlarning çuqur qiyosiy tahlili şuni körsatadiki, milliy ölçovlarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilişini taʼminlovçi kalibrlaş va ölçov imkoniyatlari (CMC-qatorlar) baholaş davridagi 20 tadan hozirgi kunda 27 taga yetkazilib, ularning amaliy kölami 4 ta yönalişdan 7 taga kengaygan. Bu, öz navbatida, milliy laboratoriyalarimizning imkoniyatlari sezilarli darajada kengayganini anglatadi. Şuningdek, CMC-qatorlarni çop etiş hamda takomillaştiriş böyiça asosiy va qöşimça soliştirişlar soni ham ortib, 46 ta loyihadan 50 taga yetkazildi. Bunday raqamlarning ösişi mahalliy sinov va ölçov natijalarining xorijiy davlatlar tomonidan tan olinişini taʼminlaşda muhim qadam hisoblanadi.
Umuman olganda, Özbekiston milliy metrologiya instituti va soha mutaxassislarining saʼy-harakatlari tufayli milliy ölçov tizimini zamonaviy xalqaro talablar darajasiga kötariş, global reytinglarda mamlakatimiz mavqeini mustahkamlaş borasida salmoqli va yuqori natijalarga erişilmoqda. Mazkur ijobiy raqamlar va dinamika texnik tösiqlarni bartaraf etiş, eksport geografiyasini kengaytiriş, içki bozorni sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan töliq taʼminlaş hamda milliy işlab çiquvçilarning jahon bozoridagi raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi.
ÖzA