Özbekistonda sanoat korxonalari muammolarining 74,8 foizi bartaraf etildi
Özbekistonda sanoat korxonalari duç kelayotgan 7,9 mingdan ortiq muammoning qariyb 75 foizi hal etildi. Bu tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşdagi eng muhim körsatkiç.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş, ularning işlab çiqariş salohiyatini yanada oşiriş hamda faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan turli tösiqlarni bartaraf etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan 2026-yilgi maʼlumotlarga köra, respublika böylab jami 6 ming 639 ta sanoat korxonasida 7 ming 975 ta muammoli masala aniqlangan bölib, körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida ularning 74,8 foizi ijobiy hal etilgan.
Bunday yuqori körsatkiçning taʼminlangani, avvalo, iqtisodiyotning asosiy drayveri bölgan sanoat tarmoğidagi tösiqlarni tezkor aniqlaş va bartaraf etiş böyiça manzilli tizim samara berayotganini anglatadi. Buning natijasida korxonalarning tölaqonli işlaşi, yangi iş örinlarining saqlab qolinişi, mahsulot işlab çiqariş hajmlarining barqarorligi taʼminlanib, jamiyatda işbilarmonlik muhiti yanada yaxşilanmoqda.
Ötkazilgan tahlillar sanoat korxonalari duç kelayotgan qiyinçiliklarning kölami va xususiyatini körsatadi. Xususan, muammolar turlari tasniflanganda, elektr taʼminoti masalalari böyiça eng köp — 1 313 ta muammo qayd etilgan bölib, şundan 1 ming 166 tasi yoki 88,8 foizi töliq hal qilingan. Uşbu sohada ijobiy yeçimlarning yuqoriligi energetika infratuzilmasini barqarorlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning amaliy natijasi bölib, korxonalarning uzluksiz işlaşiga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, moliyaviy resurslar bilan boğliq kredit ajratiş jarayonlaridagi 1 ming 61 ta masaladan 776 tasi (73,1%) va soliq maʼmuriyatçiligi bilan boğliq 576 ta masalaning 409 tasi (71,0%) bartaraf etilişi biznes subʼektlarining aylanma mablağlarini yaxşilaş hamda soliq yukini maqbullaştirişda muhim omil böldi.
Şuningdek, gaz taʼminoti böyiça 409 ta muammodan 230 tasi (56,2%) hamda ruxsatnoma, litsenziya va sertifikatlarni rasmiylaştirişdagi 374 ta masaladan 251 tasi (67,1%) ijobiy yeçim topdi. Biroq, korxonalarni kengaytiriş va yangi quvvatlarni joylaştirişda muhim hisoblangan bino va yer kadastri sohasidagi 627 ta muammodan bor-yöği 309 tasi (49,3%), kredit muddatlarini uzaytiriş böyiça 62 ta masaladan 30 tasi (48,4%), transport va logistika yönalişidagi 61 ta masaladan esa atigi 20 tasi (32,8%) hal etilgani bu boradagi byurokratik tösiqlar va muammolarni bartaraf etiş mexanizmini yanada jadallaştiriş zarurligini körsatadi. Bundan taşqari, xomaşyo, mutaxassis va realizatsiya kabi boşqa yönalişlarga oid 3 ming 492 ta muammoning 2 ming 775 tasi (79,5%) hal etilgani korxonalarning içki imkoniyatlarini kengaytirişda muhim qadam böldi.
Muammolarni bartaraf etiş körsatkiçlari hududlar kesimida ham sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, joylardagi masʼul idoralarning faolligi natijasida Surxondaryo viloyatida muammolarni hal etiş körsatkiçi 88,2 foizni taşkil etib, respublikada yetakçilik qilmoqda. Şuningdek, Navoiy (83,4%), Buxoro (82,3%) viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida (80,4%) ham natijadorlik yuqori ekani kuzatildi. Bu hududlarda mahalliy hokimliklar va idoralarning tadbirkorlar bilan bevosita işlaş tizimi yölga qöyilganidan dalolat beradi.
Toşkent şahri (79,3%), Qaşqadaryo (79,0%), Samarqand (77,0%), Toşkent (76,9%), Jizzax (73,0%), Farğona (71,0%) va Namangan (70,4%) viloyatlarida ham muammolarning katta qismi ijobiy yeçim topgan. Biroq, Sirdaryo (68,1%), Xorazm (54,5%) va Andijon (54,1%) viloyatlarida körsatkiçlar respublika örtaça darajasidan past şakllangan bölib, mazkur hududlarda aniqlangan muammolarni hal etişda idoralararo hamkorlikni yanada kuçaytiriş hamda qöşimça çoralar köriş talab etiladi.
Umuman olganda, respublika böylab sanoat korxonalarining duç kelayotgan tösiqlarini bartaraf etiş, tadbirkorlarga amaliy yordam körsatiş hamda işlab çiqariş hajmlarini barqaror oşiriş borasidagi çora-tadbirlar izçil davom ettirilib, joylarda mavjud kamçiliklarni qisqartiriş va işlab çiqariş quvvatlarini töliq işga solişga qaratilgan işlar kuçaytirilmoqda.
ÖzA