Kambağallikni qisqartiriş va bandlik: Jahon banki bilan hamkorlik samaralari
Mamlakatda mahallabay işlaş tizimi yölga qöyilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni manzilli qöllab-quvvatlaş böyiça mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Uşbu strategik maqsadlarga erişişda xalqaro moliyaviy institutlar, xususan, Jahon banki guruhi bilan yölga qöyilgan yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu asnoda, Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda Jahon banki guruhi akademiyasi hamkorligida muhim taşabbusga qöl urildi. Dastur doirasida aholining zaif qatlamlarini mehnat bozoriga samarali jalb etiş va ularning iqtisodiy integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan «Jobs for the Poor» (J4P) Impact Program milliy seminari taşkil etildi. Uşbu tadbir nafaqat soha mutaxassislarining salohiyatini oşiriş, balki xalqaro ilğor tajribalarni mahalliy darajada tatbiq etiş uçun qulay maydonga aylandi.

Jahon banki, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat taşkilotlari hamda xususiy sektor vakillari hamda xalqaro ekspertlar iştirok etgan tadbirda iqtisodiy integratsiyaning zamonaviy yondaşuvlari, kambağal va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini iqtisodiy faoliyatga jalb etiş mexanizmlari, ularning bandligini taʼminlaş va daromad manbalarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Seminar doirasida kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Botir Zohidov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça ijtimoiy himoya va bandlik amaliyoti rahbari Paolo Belli bilan uçraşdi.

Unda “Könikmalar va iqtisodiy inklyuziya orqali unumli bandlik” loyihasini hamkorlikda tayyorlaş masalalari muhokama qilindi. Xususan, kasbiy könikmalarni rivojlantiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bandligini taʼminlaş hamda mehnat bozorida inklyuziv imkoniyatlarni kengaytiriş böyiça hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, xususiy sektor bilan hamkorlik, oilaviy tadbirkorlarni kooperativlarga birlaştiriş hamda vazirlik faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etiş tajribasi taqdim etildi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA