Özbekistonlik rahbar ayollar Yevropa institutlarida boşqaruv tajribasini örganmoqda
Mamlakatimizda salohiyatli rahbar ayollarning kasbiy rivojlanişi, yetakçilik qobiliyatini mustahkamlaş va xalqaro tajribani örganişi uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu esa davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, strategik qarorlar qabul qiliş va jamoatçilik bilan oçiq muloqot örnatiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Yevropa davlat boşqaruvi instituti (EIPA) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda rahbar ayollar zaxirasidagi salohiyatli nomzodlar uçun xalqaro stajirovka taşkil etildi.
Niderlandiya va Belgiyada ötkazilayotgan mazkur öquv dasturi rahbar ayollarning yetakçilik salohiyatini yanada yuksaltirişga qaratilgan.
Maastrixt şahrida boşlangan dastur doirasidagi ilk uçraşuv EIPA Boşqaruvçilar kengaşi raisi Sesiliya Vikstryom bilan oçiq muloqot şaklida ötdi. Unda davlat boşqaruvida ayollar yetakçiligining örni, ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş va xalqaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Stajirovkaning Bryussel bosqiçida iştirokçilar Yevropa institutlari va Belgiya davlat idoralari vakillari bilan uçraşib, zamonaviy boşqaruv yondaşuvlari yuzasidan özaro fikr va tajriba almaşadi.
Maʼlumot uçun, mazkur öquv safari GIZning “Samarali davlat boşqaruvi” loyihasi doirasida taşkil etilgan. Xalqaro stajirovka 14-noyabrga qadar davom etadi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA