Norinda obodonlaştiriş va sanitariya xizmatlari yaxşilanmoqda
Namangan viloyati Norin tumanida aholiga sanitariya-tozalik xizmatlari körsatiş sifatini oşiriş, mahallalarni obodonlaştiriş va soğlom turmuş tarzi uçun qulay şaroitlar yaratiş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, “Orif nurli kelajak” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan xarid qilingan 10 ta yangi maxsus texnikaning 6 tasi Norin tumaniga ajratildi. Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda tuman hokimi Jörabek Nurmatov, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari va soha masʼullari iştirok etdi. Yangi texnikalarning kalitlari haydovçilarga topşirildi.
Dizel yoqilğisida harakatlanuvçi mazkur texnikalar qiş mavsumida gaz taʼminoti bilan boğliq muammolarning sanitariya xizmatlariga taʼsirini kamaytiriş, maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş imkonini beradi.
Şuningdek, tumanning Yangi tong va Bobur mahallalarida obodonlaştiriş va tozalik işlari olib borilmoqda. Haşarlar davomida köça va mahallalarni ozoda saqlaş, hududlarni tartibga keltirişga eʼtibor qaratilgan.
Ayni paytda Yangi tong mahallasida aholining jismoniy faolligini oşiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida salomatlik yölakçalari barpo etilyapti.
[gallery-32512]
Mazkur yölakçalar fuqarolarning piyoda sayr qilişi, badantarbiya bilan şuğullanişi va böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA