O‘zbekistonlik polvonlar medallar uchun bahs olib boradi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida bugun, 26-oktabr kuni 3 nafar polvonimiz bahslarga kirishadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatda kun davomida saralash va Repechage bahslari o‘tkaziladi. -63 va -87 kg. vazn toifalarida yarim final uchrashuvlari, 130, 72 va 97 kg. vazn toifalarida esa final bahslari hamda taqdirlash marosimi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi safida Ozodbek Halimboyev (-63 kg), Aytjan Xalmaxanov (-67 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-87 kg) gilamga chiqadi. Shuningdek, Rafael Sitsuashvili (-130 kg) Repechage bellashuvlarida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Alisher G‘aniyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA