O‘zbekistonlik bokschi Ozarbayjon terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘ldi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan Yevropa chempionatida asli o‘zbekistonlik hozirda Ozarbayjon terma jamoasi safida faoliyat ko‘rsatayotgan Saidjamshid Jafarov chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.
Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Saidjamshid 2023-yili O‘zbekiston terma jamoasi safida Jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Bolgariyada World Boxing tizimida o‘tgan qit’a chempionatida Jafarov -75 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda ringga ko‘tarilib, saralash janglarida barcha raqiblarini mag‘lub etdi.
Hamyurtimiz final bosqichida rossiyalik Ismail Mutsolgov bilan to‘qnash keldi. Shiddatli kechgan bahs yakunida u 5:0 hisobida zafar quchdi va o‘z faoliyatida birinchi marotaba Yevropa chempioni, degan sharafli nomga ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA